Главная » 2016 » Октябрь » 27 » Turkmanistondagi zilzila Nukusda ham sezildi
13:08

Turkmanistondagi zilzila Nukusda ham sezildi


26 oktabr kuni Turkmaniston g‘arbida 5,8 ballik yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda “Trend.az” xabar bermoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila Turkmaniston vaqti bilan soat 19:15 da sodir bo‘lgan. Zilzila markazi Bolqonobod shahridan 10 km uzoqlikda qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i esa 28 km chuqurlikda joylashgan, deyiladi xabarda.
 
Voqea sabab jabrlanganlar yoki vayronalar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.
 
Turkmanistondagi yer silkinishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ham sezildi. Guvohlar mamlakatimizning bir necha nashrlariga zilzila tebranishlarini Nukusga ham yetib kelganini xabar qilishgan. 

Durdona Rasulova 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: zilzila, sezildi, Turkmaniston, Nukus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя