Главная » 2016 » Ноябрь » 15 » Turli mamlakatlar prezidentlari qancha maosh oladi?
20:36

Turli mamlakatlar prezidentlari qancha maosh oladi?


AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp vazifasiga kirishishga ulgurmasdan, prezident maoshidan voz kechib bo‘ldideb yozadi “TASS”. Bungacha AQSh prezidentlaridan Jon Kennedi va Gerbert Guver ham xuddi shunday ish tutgan edi.

Forbes shu yil sentabrda taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Trampning davlati 3,7 milliard dollarga teng. Dunyodagi “eng kambag‘al prezident” bo‘lib esa uzoq vaqtdan buyon Urugvay rahbari Xose Muxika sanalgan. Yiliga 144 ming dollarlik maoshining katta qismini u xayriyaga sarflagan.

“TASS” dunyoning turli mamlakatlaridagi prezidentlar qancha maosh olishi haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi (raqamlar yaxlitlangan).

AQSh, Barak va Mishel Obama — yiliga 400 ming dollar

Italiya, Serjo Mattarella — yiliga 230 ming yevro

Germaniya, Yoaxim Gauk — yiliga 227 ming yevro

JAR, Jeykob Zuma — yiliga 194 ming yevro

Fransiya, Fransua Olland — yiliga 179 ming yevro

Meksika, Enrike Penya Nyeto — yiliga 150 ming dollar

Argentina, Maurisio Makri — yiliga 120 ming yevro

Keniya, Uxuru Keniata — yiliga 117 ming yevro

Portugaliya, Marselu Rebelu de Souza — yiliga 86 900 yevro

Litva, Dalya Gribauskayte — yiliga 86 100 yevro

Jazoir, Abdulaziz Buteflika — yiliga 76 ming yevro

Slovakiya, Andrey Kiska — yiliga 64 512 yevro

Polsha, Anjey Duda — yiliga 54 156 yevro

Ukraina, Pyotr Poroshenko — yiliga 11 640 dollar


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Pul, prezident, maosh, Turli mamlakatlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя