Главная » 2017 » Июль » 23 » Turmush qurish uchun sabab
11:16

Turmush qurish uchun sabab


1. Yoqtirib qolish

Turmush qurish uchun erkak va ayol bir-birini yoqtirib qolishi tabiiy sabab bo'lishi mumkin. Nikohgacha bizning barcha orzularimiz baxtiyor turmush haqida bo'ladi. Ahir yoqtirgan inson bo'lganda yomon narsa xayolga keladimi? Yoqtirib qolganlik holat ajoyib bir yaqinlashtiruvchi tuyg'u beradi. Lekin bu tuyg'u ko'pi bilan 2 yil ichida so'nadi. Borib - borib kuchli yoqtirib qolish o'rniga ta'surotlar, niyat, emosiya, xulq- atvor kabilar ustun kela boshlaydi. Natijada barchamiz osmondan yerga tushib, yonimizdagi turmush o'rtog'imizda boshqa ko'z bilan qaraymiz. Ana shunda turmushni davom etish kerakmi yoqmi degan savolga javob tug'ilib hamma oilalarda har xil bo'ladi: ajrashish yoki haqiqiy sevgiga o'rganib bir birini sevib, haqiqiy baxtiyor hayot uchun kuch sarflashga kirishish.

2. Mehr va e'tiborga talabni qondirish

Yolg'izlik, hech kimga kerak bo'lmaslik kabi tuyg'ularni his qilayotgan ayol yoki erkak shu sabab bilan turmush quradi.

3. Ota-ona nazoratidan qochib qutulish

Ko'p uchraydigan ushbu sababga ko'ra, ko'pincha ota-onaning chegarasidan ortiq zulmidan, yoki bolaga bo'lgan juda ham kuchli e'tirboridan, ma'naviy yoki moliyaviy bog'lanishidan qutulmoqchi bo'lganlar turmush qurishga intiladilar.

4. Ijtimoiy normalarga mos kelish

Masalan, yoshi 30 ga(agar o'sha jamiyatda 30 yosh ayol uchun katta hisoblansa) qarab ketayotgan ayollar yoshi o'tib ketmasligi uchun kimga bo'lsada turmushga chiqib ketadilar.

5. Turmushga yutuqdek qarash

Bunda erkak yoki ayol turmush qurishdan qandaydir foyda ko'radi.

6. Majburiy turmush

Ma'lum qiyinchiliklarni bartaraf etishga ta'sir etuvchi turmush. Masalan rejadan oldin xomilador bo'lib qolish.

Agar erkak yoki ayol sevib yoki yoqtirib qolish o'rniga, boshqa sabab bilan turmush qursa, bunday turmushda hayot qiyinchiliklarga boy bo'lish ehtimoli katta. Bora-bora munosabatlar takomillashib erkak va ayol o'rtasida muhabbat uyg'onsa baxtiyor turmushga poydevor bo'lishi ham mumkin.


Manba: "tarona.tv"
Категория: Er-Xotin, Turmush psixologiyasi | | Теги: Turmush, Sabab, Erkak, jinsiy aloqa, Erkak va ayollar, Baxt, xotin | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя