Главная » 2020 » Ноябрь » 15 » Turmushga chiqmagan 21 yoshli ayol chaqalog‘ini 1,9 million so‘mga sotib yubordi
16:10

Turmushga chiqmagan 21 yoshli ayol chaqalog‘ini 1,9 million so‘mga sotib yubordi


23 oktyabr kuni Namangan viloyati Chortoq tumani va Namangan shahar ichki ishlar organlari xodimlari olingan ma’lumotga asosan hamkorlikda tezkor tadbir o'tkazishdi.

Tadbir davomida aniqlanishicha, viloyatning Chortoq tumanida yashovchi, 1999 yil tug‘ilgan ayol 2020 yil 18 may kuni dunyoga keltirgan chaqalog‘ini Chortoq tumanida yashovchi, 1969 yil tug‘ilgan fuqaroga 1 900 000 (bir million to‘qqiz yuz ming) so‘mga sotib yuborgan.

Ma’lum bo‘lishicha, farzandini sotgan ayol hali turmushga chiqmagan. Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Manba: "aniq.uz"
| Теги: sotib yubordi, chaqalog‘ini, Ayol, Turmushga chiqmagan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя