Главная » 2020 » Январь » 6 » Turonbankning Sharof Rashidov bank xizmatlari ofisi ish boshladi
21:17

Turonbankning Sharof Rashidov bank xizmatlari ofisi ish boshladi


Vaqtingiz tig‘izligi sababli moliyaviy yumushlaringizni tez va sifatli bajarib, birgina xodimning o‘zi bilan barcha masalalarga oydinlik kiritishni istaysizmi? Unda sizga “Turonbank” ATB tomonidan hududlarda ishga tushirilayotgan zamonaviy “Bank xizmatlari ofislari" yaqindan yordam beradi.

Hozirga qadar Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida yangidan tashkil etilayotgan shunday ofislarning navbatdagisi Jizzax viloyati ahliga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov nomi bilan faoliyat yuritayotgan ofisda hisob raqam va plastik kartalar ochish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini bajarish mumkin. Zamonaviy bankomat va infokiosklar 24/7 rejimida ishlaydi.

Shuningdek, ushbu ofislar orqali “Turonbank” ATB mijozlar uchun maxsus “Markaz” nomli tarif rejasini ham ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, barcha “Bank xizmatlari ofislari”ning yangi mijozlari uchun “debet” aylanmadan undiriladigan xizmat haqi bir yil davomida bepul etib belgilandi, ya'ni 0%.

Ma'lumot o‘rnida aytish kerak, “Turonbank” ATBning bunday bank xizmatlari ofislari 13 taga yetdi. Kelgusida ham butun respublika miqyosida ularning sonini bir muncha ko‘paytirish rejalashtirilgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя