Главная » 2017 » Январь » 23 » Tushkunlikdan chiqishning yo‘li bormi?
10:05

Tushkunlikdan chiqishning yo‘li bormi?


Kayfiyatingiz yo‘qmi? Uyquga to‘ymayapsizmi? Hatto u yoki bu kasallik belgilarini his etasiz. Qo‘rqmang, siz dangasa ham kasal ham emassiz!
 
Bu odam ruhiyatiga salbiy ta’sir etuvchi mavsumiy holat –  tushkunlikdir. Qishda quyosh yorug‘ligining yetishmasligi tufayli inson ruhiyatiga kuchli ta’sir etuvchi tushkunlik holati ba’zida turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
 
Qishning qorli kunlarida, hatto, tunlar ham oppoq nurga to‘lib, odam kayfiyatiga ajib xushnudlik baxsh etadi. Afsuski, mintaqamiz tabiatida bunday kunlar sanoqli bo‘ladi. Mavsum asosan bulutli kunlardan iborat.
 
Qishda odam ruhiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar ko‘payadi, deb ta’kidlaydi psixologlar. Tunlar uzayib kun qisqarishi, izg‘irin sovuqlar, bulutli, tumanli kunlar, bu ham yetmaganidek biz odamlar ham issiqroq bo‘lish uchun qora, kulrang, jigarang kabi ranglarga burkanamiz. Bu holat kayfiyatni tushiradi.
 
Qishda ham ishchanlik va quvnoqlikni yo‘qotmaslikning yo‘li bor. Birinchi navbatda taomnomangiz meva va sabzavotlarga boy bo‘lishi, ayniqsa, sariq, qizil, yashil kabi ranglardagi mevalardan ko‘proq tanovvul qilishingiz kerak. Agar iloji bo‘lsa, choyshab, parda kabi matolarni ham shu rangdagisiga almashtiring. Axir bejizga rassomlar bu ranglarni baxtiyorlik ramzi deb atamaganlar.
 
Yana bir maslahat: uyquga yotishdan dahshatli filmlarni ko‘rmaganingiz ma’qul. Ko‘proq toza havoda sayr qiling. Shunda yaxshi kayfiyat o‘zi sizni qidirib topadi. 

Muhayyo Saidova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: yo‘li bormi, Tushkunlik, chiqish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя