Главная » 2016 » Ноябрь » 23 » Twitter adashib o‘z asoschisining akkauntini bloklab qo‘ydi
12:06

Twitter adashib o‘z asoschisining akkauntini bloklab qo‘ydi


 

Twitter mikroblogi asoschilaridan biri va kompaniya rahbari Jek Dorsining akkaunti 22-noyabr kuni kechqurun vaqtinchalik yopib qo‘yildi, deb yozadi “Interfaks” The Verge’ga tayanib.

Dorsining o‘zi aniqlik kiritishicha, uning @jack akkaunti “ichki xatolik” tufayli bloklanib qolgan, unga taxminan 15 daqiqa davomida kirib bo‘lmagan. Texnik nosozlik aynan qanday sodir bo‘lgani aniqlashtirilmayapti.

Twitter avvalroq ekstremistik va dushmanlik ruhidagi fikrlarni targ‘ib qiluvchi foydalanuvchilarni bloklab qo‘yishga shoshmasligi yuzasidan ko‘p bora tanqid qilingan edi. Shu tufayli noyabrda kompaniya Amerikaning “alt-o‘nglar” (alternativ o‘nglar) harakati tarafdorlarini faol tarzda bloklashni boshladi. Xususan, oq irqning ustunligini yoqlab chiquvchi amerikalik taniqli millatchi Richard Spenserning akkaunti o‘chirildi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: twitter | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя