Главная » 2020 » Декабрь » 23 » Ucell abonentlarga 97 million so‘mdan ortiq mablag‘ni qaytarib berdi - Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi
08:54

Ucell abonentlarga 97 million so‘mdan ortiq mablag‘ni qaytarib berdi - Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi birgina iste'molchining huquqini himoya qilish orqali (zarar 420 so‘mni tashkil qilgan) Ucell kompaniyasi tomonidan 337 975 nafar abonentning huquqlari buzilib, ularga jami 97 432 379,33 so‘m zarar yetkazilganligini aniqladi.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, iste'molchiga Ucell kompaniyasining 1 oktyabrdan boshlab abonent hisobidan 420 so‘mni olib qo‘yishi to‘g‘risida SMS xabar kelgan.

“Ha, bu miqdor ahamiyatli emas, ammo iste'molchi aniqlik kiritishga qaror qildi – nega? Ta'kidlash muhimki, Ucell abonenti “Al-Chiroq” aksiyasi ishtirokchisi, bu tarmoqda atigi 84 so‘mga daqiqalarni, SMS to‘plamlarni yoki internetning megabaytlarni taqdim etadi. Bu xizmat necha kundan buyon mavjud emasligiga qaramay, pul abonent hisobidan chiqarildi. O‘z navbatida, iste'molchi pm.gov.uz saytida murojaat qoldirishga qaror qildi, uning tafsilotlari Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan o‘rganildi”, - deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi mazkur murojaatning barcha tafsilotlarini aniqlashtirish maqsadida “COSCOM” MChJga xat yuborgan, natijada quyidagilar ma'lum bo‘lgan:

1. “Al-chiroq” aksiyasining shartlariga ko‘ra, Ucell kompaniyasining ro‘yxatdan o‘tgan abonentlarida kontent-provayderlar tomonidan maxsus ishlab chiqarilgan “First IT-Group” MChJ mobil dasturida kuniga 1 so‘mdan kunlik abonent to‘lovi evaziga bitta xizmatni olish imkoniyati mavjud va 2020 yil 25 avgustdan boshlab aksiya uchun kunlik abonent to‘lovi kuniga 84 so‘mni tashkil etadi.

2. 2020 yil 30 sentyabrda ish jarayonida uskunalarda nosozlik kelib chiqqan bo‘lib, 2020 yilning 5 oktyabrda kontent-provayder tomonidan nosozlik bartaraf etilgan. Mazkur nosozlik tufayli kompaniya abonentlari 2020 yilning 30 sentyabridan 4 oktyabrigacha aksiya shartlarida ko‘zda tutilgan xizmatlardan foydalana olmagan.

Ushbu masalani o‘rganish davomida ma'lum bo‘lishicha, murojaat qilgan shaxs hisobidan noqonuniy mablag‘ yechilgan yagona iste'molchi emas. Aksiyada 2020 yilning 30 sentyabrdan 4 oktyabrgacha bo‘lgan davrda 337 975 nafar abonent qatnashgan, ulardan jami 97 432 379,33 so‘m miqdorida abonent to‘lovi yechib olingan.

“Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasiga ko‘ra, sotuvchi iste'molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan muammoni hal qilish jarayonida tizimdagi (2020 yilning 30 sentyabrdan 4 oktyabrgacha) uskunalar ishlamay qolganligi sababli aksiya doirasida ishtirok eta olmagan 337 975 nafar abonentining foydalanilmagan xizmat kunlari uchun mablag‘lari kompaniya tomonidan to‘liq qaytarib berildi va bu 97 432 379,33 so‘mni tashkil etadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Iste'molchilar, mablag‘ni, agentligi, Ucell, abonentlarga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя