Главная » 2020 » Июнь » 25 » Ucell abonentlarni ogohlikka chaqirdi
18:03

Ucell abonentlarni ogohlikka chaqirdi


Mobil firibgarlik holatlari ko‘payganligi sababli, moliyaviy yo‘qotishlarga uchramasligingiz uchun Ucell ogohlikka chaqirdi.

Mobil firibgarlikning eng keng tarqalgan turlari – abonentning shaxsiy hisobidan pul mablag‘larining noqonuniy tarzda yechilishiga olib keluvchi sxemalardir.

«Mobil firibgarlikning oldini olish uchun, iltimos, hamisha ehtiyotkorlik choralarini ko‘rib yuring:

  • Turli yo‘riqnomalarga, so‘rovlarga amal qilishga va/yoki notanish kishilarning ko‘rsatmalari asosida biror ishni bajarishga shoshilmang;
  • Shubhali manbalarga ishonmang;
  • Olingan ma’lumotga aniqlik kiritish uchun Ucell abonentlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting;
  • Notanish xorijiy raqamlarga qaytarib qo‘ng‘iroq qilmang;
  • O‘zingizning shaxsiy ma’lumotlaringizni (pin-kodlar, tasdiqlash kodlari va boshqalarni) birovlarga bermang» — deyiladi xabarda.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ogohlikka chaqirdi, abonentlarni, Ucell | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя