Главная » 2020 » Май » 20 » Ucell Gulnora Karimova kompaniya aksiyalariga egalik qilgani haqidagi ma'lumotni rad etdi
20:37

Ucell Gulnora Karimova kompaniya aksiyalariga egalik qilgani haqidagi ma'lumotni rad etdi


Ucell kompaniyasi matbuot xizmati Gulnora Karimovaning farzandlari kichik Islom Karimov va Imon Karimova tomonidan tarqatilgan ma'lumotlar yuzasidan munosabat bildirdi va kompaniya 100 foiz davlatga tegishli kompaniya ekani ma'lum qilindi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovaning farzandlari Islom va Imon Karimovalarning maktublari keng muhokama qilindi. Maktubda, xususan, G.Karimova go‘yo Ucell aksiyalariga egalik qilishi va hozirgi paytda kompaniya davlat tomonidan emas, boshqa mulkdorlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilayotgani haqida aytilgan. 

2018 yil 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Shvetsiya hukumatiga tegishli Telia guruhidan COSCOM ustav kapitalidagi 100% ulushi 215 million AQSh dollariga, COSCOM kompaniyasining Telia guruhi oldida bo‘lgan 485 million AQSh dollari atrofidagi qarz majburiyatlari bilan birgalikda sotib olgan. Bitim bir nechta davlatlarning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilganda, G.Karimova kompaniyaning aksiyalariga aloqasi yo‘qligi aniqlangan.

Shunday qilib, 2018 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi vakolatli agentligi orqali COSCOM’ni Telia kompaniyalar guruhidan sotib oldi va eng muhimi, unga egalik qilishni va boshqarishni davom ettirmoqda. COSCOM’ni sotib olish jarayoni bir qator davlatlarning barcha zarur huquqiy, moliyaviy va tartibga solish talablariga muvofiq qat'iy tartibda amalga oshirilgan.

Yuqoridagi xatda yagona haqiqat COSCOM muvaffaqiyatli boshqarilib kelinayotganligi. Bir yarim yildan kam vaqt ichida kompaniyamiz O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya sohasida ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishda haqiqiy yetakchiga aylandi», deyiladi kompaniya rasmiy bayonotida.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Ucell, ma'lumotni, Gulnora Karimova, aksiyalariga, kompaniya, rad etdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя