Главная » 2016 » Ноябрь » 7 » Uch oyda 10 kiloga semirdim
17:10

Uch oyda 10 kiloga semirdim


–  Tarozu raqamlariga qarab, ichimga g‘ulg‘ula tushdi, qanday qilib bu tariqa semirishim mumkin? To‘g‘ri, so‘nggi paytlarda odatdagidan ko‘proq tanovul qila boshladim, chunki haddan ortiq asabiylashayotgandim. Ammo uch oy davomida o‘n kilogrammga to‘lishish biror kasallik belgisi emasmi? Ehtimol biror tahlil topshirishim kerakdir? 

Savol «SMS» orqali kelgan 

Savolga oliy toifali shifokor endokrinolog  Dilfuza ORTIQOVA javob beradi:

–  Aslini olganda semirishning sabablari ko‘p. Savolingiz mazmunidan, to‘lishish asabiylashish holatlari orta boshlaganidan so‘ng kelib chiqqan deb tushundim. Stress vaqtida buyrak usti bezi kortizol moddasini ishlab chiqara boshlaydi, u esa o‘z navbatida tana vaznining ortishini keltirib chiqaradi. Sizdagi o‘zgarishlar asabiylik bilan bog‘liq bo‘lsa ham, mutaxassis ko‘rigi foydadan holi bo‘lmaydi. Shifokor tavsiyasi bilan qondagi gormonlar tahlilini o‘tkazish lozim. Shu bilan bir qatorda turmush tarzingizni ham qayta ko‘rib chiqing, taomlanish, uyqu va jismoniy faolligingiz qay darajada, albatta ko‘zdan kechirish kerak.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: uch oy, semirdim, 10 kg | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя