Главная » 2020 » Январь » 23 » “Uddaburon” o‘g‘irlar o‘zlari sotgan qo‘ylarni qayta o‘g‘irladi
23:41

“Uddaburon” o‘g‘irlar o‘zlari sotgan qo‘ylarni qayta o‘g‘irladi


Samarqand viloyati Nurobod tumanida 2019-yil 18-oktabr kuni taxminan soat 21:30 larda 53 yoshli M.N. jinoiy sherigi 34 yoshli M.U. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, fuqaro E.X.ning hovlisiga o‘g‘rilikka kiradi.

67 ta qo‘y o‘g‘irlab ketildi

Jinoyatchilar E.X.ning og‘ilxonasidan har-birining bahosi 1 300 000 so‘mlik jami 87 100 000 so‘m bo‘lgan 67 bosh qo‘yni o‘g‘irlab ketgan.
46 bosh qo‘yni Lasetti va Gazelga yuklab, sig‘may qolgan 21 bosh qo‘ylarni qo‘yib yuborgan.

Qo‘ylar Buxoroda sotildi

M.U. qo‘ylarni Buxoro viloyati Vobkent tumaniga olib borib, tanishi U.X.ga ushbu qo‘ylar o‘ziga tegishli ekanligini aytib, har-birini 930 000 so‘mdan hisoblab jami 40 920 000 so‘mga sotib yuborgan. 

Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.

O‘g‘rilangan qo‘ylar qayta “hujumga” uchradi

Tergov jarayonida aniqlanishicha, M.U. takroran 2019-yil 31-oktabr kuni Buxoro viloyati Vobkent tumanida joylashgan bog‘dorchilik fermer xo‘jaligidan fuqaro U.H.ga tegishli muqaddam o‘zi unga sotgan har-birining bahosi 930 000 so‘mlik jami 39 060 000 so‘m bo‘lgan 42 bosh qo‘yni va A.X.ga tegishli 1 bosh bahosi 1 000 000 so‘mlik qo‘yni o‘g‘irlab ketgan.

Jinoyatchilar qamoqqa olindi

Jinoyat ishi bo‘yicha Ma’murjon U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan va M.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Dastlabki tergov jarayonida, M.U. va M.N.lar tomonidan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangan. Tergov yakuniga ko‘ra jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining 2020-yil 7-yanvar kunidagi hukmiga ko‘ra, M.U. va M.N.lar ushbu jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, M.U.ga nisbatan 3 yil 3 oy muddatga, M.N.ga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя