Главная » 2021 » Апрель » 19 » UEFAning “ajali”: Yevropaning gigant klublari yangi turnir tashkil qildi
12:41

UEFAning “ajali”: Yevropaning gigant klublari yangi turnir tashkil qildi


Yevropaning TOP-15 futbol klubi yangi chempionat – Yevropa Superligasi tashkil qilinganini e’lon qildi. “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Tottenxem”, “Liverpul”, “Chelsi” , “Arsenal”, “Barselona”, “Atletiko” , “Real”,  “Milan”, “Inter” va “Yuventus” klublari yangi turnirning asoschi jamoalari qatoriga kirdi.

“Yevropaning o‘n ikki yetakchi jamoasi yangi turnir – Yevropa Superligasini yaratish haqida bir qarorga keldi. O‘yinlar haftaning o‘rtasida o‘tkaziladi. Shu bois, bu ichki chempionat o‘yinlariga xalaqit qilmaydi. Birinchi mavsum oldidan yana uch jamoa asoschi klublar safiga qo‘shiladi. Chempionat yaqin vaqtlar ichida start oladi”, deyilgan rasmiy bayonotda.

Superliganing rahbari vazifasini “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres bajarishi, vitse-prezidentlar esa Andrea Anelli (Yuventus) va Joel Gleyzer (Manchester Yunayted) bo‘lishi kelishib olindi.
 
UEFA bu turnirga qat’iy qarshilik qilayotgani sir emas. Sababi yangi musobaqa amaldagi Yevropa Chempionlar ligasi turniri uchun juda katta zarba bo‘ladi. Tashkilot Superliga ishtirokchilarini jiddiy sanksiyalar va sud ishlari bilan ogohlantirib kelmoqda. Jumladan, Superligada o‘ynaydigan klub o‘z milliy birinchiligida o‘ynay olmaydi. Hatto bu klublar futbolchilari terma jamoalar o‘rtasidagi musobaqalardan ham chetlatilishi aytilmoqda. Superliganing boshida turganlar esa UEFAdan iloji boricha manfaatli taklif bo‘lmaguncha chekinmoqchi emas.

Ushbu voqealar fonida YeCHL va YeLning yarim final bahslari noma’lum muddatga qoldirildi. Unga ko‘ra, Superliga ishtirokchilari Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va umuman UEFAdan chetlatilishi kutilmoqda. Agar bu sodir bo‘lsa, PSJ YeCHLda muddatidan oldin chempionga aylanishi ham mumkin. Sababi, Parij jamoasi yangi chempionatga qo‘shilmasligi taxmin qilinmoqda. Buning boisi, PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi UEFA tashkilotining prezident maslahatchilari ro‘yxatida turadi. Ustiga ustak, u “Bein Media” rahbari ham hisoblanadi. Bu telekompaniya esa Chempionlar ligasi translyatsiyasi huquqini sotib olish uchun millionlab pul sarflagan.


Manba: "qalampi.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: UEFA, klublari, Yevropaning, ajali, Turnir, gigant | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя