Главная » 2021 » Октябрь » 6 » UFC’ning bozor qiymatini 11 mlrd dollarga olib chiqdim – Konor
21:35

UFC’ning bozor qiymatini 11 mlrd dollarga olib chiqdim – Konor


Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor tashkilotning umumiy qiymati qancha ekanligi haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, sportchi kompaniya qiymatini deyarli 3 barobar oshirgan.

Bundan tashqari, Konor UFC-257 doirasidagi Dastin Porega qarshi jangining promoushen tarixidagi sotuvlar bo‘yicha to‘rtinchi jang bo‘lganini ham qo‘shimcha qildi.

“Men buni bir necha marta amalga oshirganman. 2016 yilda kompaniya sotuvlarini 4,2 mlrd dollarga olib chiqqandim. Shundan so‘ng, oldinga tinimsiz harakat qildim va UFC’ning bozor qiymatini 11 mlrd dollarga olib chiqdim. Bu qariyb, 3 barobar ko‘payish degani, ajoyib!”, deb yozadi Konor Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor Porega qarshi bahsda oyog‘ini sindirib olgan va texnik mag‘lubiyatga uchragan edi. Yaqinda u oyog‘idagi jarohatidan tuzalib, mashg‘ulotlarni boshladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: ufc, Konor | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя