Главная » 2021 » Февраль » 18 » UFC prezidenti million dollar yutqazib qo‘ygani haqida gapirib berdi
19:55

UFC prezidenti million dollar yutqazib qo‘ygani haqida gapirib berdi


UFC prezidenti Dana Uayt sport musobaqalarida garov tikishni yaxshi ko‘rishini tan oldi va boks uchrashuvida g‘olibni to‘g‘ri topa olmay, 1 million AQSH dollari yutqazgani to‘g‘risida aytib berdi. Bu haqda “Championat” nashri yozmoqda. 

“Men garov bog‘lashni yaxshi ko‘raman. Bu sport musobaqalarini hayajonli va qiziqarli qiladi. O‘zim Las-Vegasdanman, shuning uchun har doim garov o‘ynayman”, deydi UFC prezidenti.

Dana Uayt shuningdek, agar tez-tez garov bog‘lab turmasa, o‘zini yomon his qilishini qo‘shimcha qilgan.

“Men bir paytlar Jermeyn Teylorga million dollar tikdim. Ogayodan kelgan Kelli Pavlik Teylorni "yorib qo‘ydi". Mening million dollarim ham, Teylor ham yo‘q qilindi”, deydi Dana Uayt


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Prezidenti, Dollar, yutqazib, ufc, Million | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя