Главная » 2016 » Ноябрь » 17 » Ukraina Yevropaning poraxo‘rlik avjiga chiqqan mamlakati deb tan olindi
20:56

Ukraina Yevropaning poraxo‘rlik avjiga chiqqan mamlakati deb tan olindi


“Transparency International” korrupsiyaga qarshi xalqaro tashkilotining tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, Ukraina Yevropa va Osiyo qit’asida eng korrupsiyalashgan davlat deb topildi. Bu haqda “Vz.ru” saytida xabar berildi.

Ro‘yxat bo‘yicha Uraina, nafaqat Yevropa, balki Markaziy Osiyo davlatlarini ham ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Rossiya, Armaniston, Bosniya va Gersogovina, Litva, Moldova, Serbiya mamlakatlari korrupsiya eng yuqori darajada bo‘lgan davlatlar qatoridan joy oldi.
 
So‘rov ishtirokchilarining 86 foizi Ukrainada hukumat korrupsiya muammosini hal qilishda kam etibor qaratayotganini aytgan. Bu ko‘rsatkich Moldova davlatida 84 foiz, Bosniya va Gersogovinada 82 foiz hamda Ispaniyada 80 foizni tashkil qildi.
 
Ukraina Respublikasi Bosh prokuraturasining ma’lumotlariga qaraganda, mamlakatdada so‘nggi yillar mobaynida poraxo‘rlik 36 martaga oshib ketgan. Ukraina G‘arbga yaqinlashishi uchun bu masalani bartaraf etish hukumatning asosiy vazifasiga aylangan. Mamlakatda poraxo‘rlikka qarshi kurashuvchi oltita davlat tashkiloti faoliyat olib bormoqda.  

Muxtorbek Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ukraina, Yevropa, poraxo'r | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя