Главная » 2017 » Январь » 4 » Umid Iskandarov: “Ajrim borasida hech narsani gapirishni istamayman”
17:57

Umid Iskandarov: “Ajrim borasida hech narsani gapirishni istamayman”


Bir necha kun avval, aktyor Umid Iskandarov hamda shou-biznes olamidagi eng ko‘zga ko‘ringan pardozchilardan biri bo‘lmish Renata Iskandarovaning oilasiga darz ketgani haqida turli mish-mishlar tarqalgani haqida xabar bergan edik.
 
Aslida, bu gap-so‘zlar bundan roppa-rosa 1 yil oldin, 2016 yilning yanvar oyida boshlangan edi. O‘tgan yilning yanvar oyida mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida tahririyatimiz xodimlari Umid hamda Renata bilan bog‘langanishganda, ajrim haqidagi gaplar yolg‘on ekanini, ular baxtli hayot kechirayotganliklarini aytishgandi.
 
Oradan 1 yil o‘tib, kecha, 3 yanvar kuni Umid Iskandarov bilan bog‘langanimizda mutlaqo boshqa javobni oldik.
 
“Men bu kabi mish-mishlar barchani qiziqtirishini tushunaman. Ammo mening hayotim va oilaviy masalalarimga hech kim aralashmasligini istardim. Aslida muxlislarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan juda mavzular ko‘p. Men ajrim borasida hech narsani gapirishni istamayman. Buni to‘g‘ri tushunishadi, degan umiddaman” deydi aktyor biz bilan suhbatda.
 
O‘tgan yili baxtli ekanini, tarqalgan mish-mishlar yolg‘on ekanini aytgan aktyor bu safar hech qanday izoh berishni istamadi.
 
Biz ajrim haqidagi gaplarga oydinlik kiritish va rasmiy ravishda yana bir yangilikni oshkor etishni va’da qilgan Renata Iskandarova bilan ham bog‘lanishga harakat qildik. Biroq u ham turli vaj-korsonlar bilan javobdan qochdi.
 
Eslatib o‘tamiz, ajrim haqidagi gaplarning yanada jonlanishiga Umid va Renataning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirilayotgan suratlari, izohlari, yaqinlarining ular haqidagi fikrlari sabab bo‘ldi.
 
2016 yilning dekabr oyida Renata bilan ushbu masalada bog‘langanimizda u,  “Hozir Umid bilan munosabatlarimiz haqida biror narsa aytmoqchi emasman. Gap-so‘zlarning hammasini eshityapman, muxlislarning har bir gapini o‘qib boryapman. Yaqin kunlar ichida rasmiy ravishda bir yangilikni oshkor etmoqchiman. Hozircha, boshqa hech narsa deya olmayman”, deb javob qaytargandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Umid Iskandarov | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя