Главная » 2017 » Июнь » 26 » Umidaxon turmush o‘rtog‘i, tanqidchilari va raqobatchilari haqida gapirdi
18:07

Umidaxon turmush o‘rtog‘i, tanqidchilari va raqobatchilari haqida gapirdi


Avvalroq “Nihol” mukofoti sovrindori Umidaxonning ilk albom taqdimoti bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Aytish mumkinki, taqdimot ko‘ngildagidek o‘tdi. Buni xonandaning kayfiyatidan ham bilish mumkin edi. To‘g‘ri, taqdimot, unga tayyorgarlik jarayoni Umidaxonni yaxshigina toliqtirdi, ammo shunday bo‘lsa-da, u “Qalampir.uz” sayti ijodkorlariga maxsus intervyu berishdan qochmadi.

– Umidaxon, ilk albom taqdimotingiz bilan tabriklaymiz. Ayting-chi, shou-biznesda muvaffaqiyat qozonishingizning asosiy sababi nima?

– Men hech qachon shou-biznesda biror xonandaga raqobatchi sifatida qaramadim va doim mehnat qildim. Har bir muvaffaqiyatimdan quvondim, xalq uchun, muxlislarim uchun harakat qildim. Menimcha, haqiqat taraf bo‘lib, qalbini pok tutgan har bir xonanda o‘zi uchun barcha muvaffaqiyatlar eshigini ocha oladi.

– San’at olamida ijod qilayotganingizga ham ancha vaqt bo‘lib qoldi. Sizningcha, avvalgi qo‘shiqlaringiz bilan hozirgi qo‘shiqlaringiz saviyasida qanday farq mavjud? Yoki hech qanday o‘zgarish sezmadingizmi?

– Hozirda estrada yo‘nalishida kuylayotgan qo‘shiqlarim avvalgilariga qaraganda ancha yaxshi. Chunki boshida baribir yo‘nalishimni topishda xatoliklarga yo‘l qo‘yganman. Yillar davomida o‘z ustimda ishladim, izlandim. Shu bois, hozirgi taronalarim ham sifat, ham saviya jihatdan mukammalroq.

– Ijodingizni 2011 yilda boshlagansiz. Qo‘shiqlaringiz soni ham ko‘p. Nega shu vaqtgacha albom chiqarmadingiz? Biror sababi bormi?
– Sababi, men oldin sifatli, muxlislarga manzur keladigan qo‘shiqlar chiqarib, ana undan keyin ularni bir albomga to‘plashni maqsad qilgandim. Ayrim xonandalar kabi bir yil ijod qilib, darrov albom chiqarish xato, deb o‘ylayman. To‘g‘ri, balki menda bu ilk qadam juda uzoq cho‘zilgandir, ammo nasib qilgani shu ekan. Endi har yili bitta albom chiqarishni odamt qilaman.

– Siz haqingizdagi turmushga chiqibdi, degan mish-mishlar haqiqatmi? Siz haqingizda ma’lumot izlaganimda, turmush o‘rtog‘i – Diyor, degan joyiga ko‘zim tushdi.

– Yo‘q, umuman bo‘lmagan gap. Unday insonni men hatto tanimayman. Ishoning, agar turmushga chiqadigan bo‘lsam, bu haqda, albatta, barchaga xabar beraman.

– Ota-onangiz ham san’at sohasidagi insonlar. Ularning ijodingiz haqidagi fikrlari qanday? Hech tanqid qilishadimi?

– Albatta, juda ko‘p tanqid qilishadi. Ular mening ilk tanqidchilarim desam, adashmagan bo‘laman. Kamdan-kam holda maqtashadi. Taltayib ketishimdan qo‘rqishsa kerak-da (kuladi).

Nigina Hakimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: haqida gapirdi, tanqidchilar, raqobatchilar, turmush o‘rtog‘i, Umidaxon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя