Главная » 2021 » Январь » 10 » «Uni to‘xtatish imkonsiz edi»: Nazarboyev ilk bor nabirasi o‘limi haqida gapirdi
16:13

«Uni to‘xtatish imkonsiz edi»: Nazarboyev ilk bor nabirasi o‘limi haqida gapirdi


Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ilk bor nabirasi Aysulton Nazarboyevning vafoti voqeasiga to‘xtaldi. Sobiq davlat rahbari bu haqda «Xabar» telekanalida namoyish etilgan hujjatli filmda gapirgan. 

«Bu yil bir nabiramni yo‘qotdik, u menga juda o‘xshardi. Bu voqea juda afsuslanarli», - dedi Nazarboyev. Aysultan Moskva va Londonda davolangan. «Uni hech kim tuzatolmadi,  chunki yomon ishning quliga aylangandi, ushlab qolish imkonsiz edi» - deydi Elboshi suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Aysultan Nazarboyev 2020 yil avgust oyida Londonda vafot etdi. O‘limidan avval u giyohvandlikdan davolangan, Buyuk Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana so‘rab, jamoatchilik e’tiboriga tushgandi.

Aysultan Qozog‘iston Birinchi prezidentining katta qizi Darig‘a Nazarboyeva va kuyovi marhum Rohat Aliyevning o‘g‘li edi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: nabirasi, o‘limi, Nazarboyev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя