Главная » 2020 » Март » 26 » Uni yengmoqchimisiz, unda buni yeng - Xanoylik oshpaz koronaburger tayyorlamoqda
19:43

Uni yengmoqchimisiz, unda buni yeng - Xanoylik oshpaz koronaburger tayyorlamoqda


Vetnam poytaxti Xanoydagi oshxonalardan birining oshpazi koronavirusni eslatuvchi burger tayyorlab, uni mijozlariga taqdim etmoqda.

Oshpaz Xoang Tung hamda uning jamoasi tayyorlayotgan burgerlar ustida virusning mikroskopik tasviridagi tojlar mavjud. U ko‘k choy bilan birgalikda mijozlarga taklif etilmoqda.

"Bizda shunday hazil bor - siz nimadandir qo‘rqsangiz, uni iste’mol qilishingiz kerak", - deydi Tung.

Vetnamda virus tufayli ko‘plab bizneslar yopilib ketayotganiga qaramay, oshxona kuniga 50 ga yaqin burger sotmoqda.

Hozirda mamlakatda 148 ta koronavirus holati qayd etilgan. Poytaxt Xanoy hamda Xoshimin shaharlarida birlamchi zarurat tarkibiga kirmaydigan barcha do‘kon hamda zavodlar yopilgan.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя