Главная » 2020 » Январь » 8 » “Uning menga nisbatan hurmatsizligidan hayron bo‘ldim”. Rayhon Munisa Rizayeva bilan munosabatlari sovuqlashgani haqida gapirdi
21:06

“Uning menga nisbatan hurmatsizligidan hayron bo‘ldim”. Rayhon Munisa Rizayeva bilan munosabatlari sovuqlashgani haqida gapirdi


“Milliy” telekanalining “Nishonda” dasturida Munisa Rizayeva va Rayhon o‘rtalaridagi munosabatlar sovuqlashgani haqida gapirdi.

“Bilasizmi, Rayhonning bitta jihati bor: O‘zidan o‘zi xafa bo‘ladi, o‘zidan o‘zi yana siz bilan yaxshi bo‘lib qoladi. Oxirgi marta Rayhon menga SMS yozdi: Men sendan xafa bo‘lib yurgandim, lekin sen mening tushimga kirding.

Men unga ‘Yaxshi, zo‘r. Sen Instagram’da meni unfollow (obunani bekor qilish) qilding, men ham seni unfollow qildim. Lekin mendan nimaga xafaligingni haliyam tushunmadim, dedim.

U menga ‘xafa bo‘ldim’ deb yozdi. Men ‘mayli unda xafa bo‘lsang’ dedim”, — deydi Munisa Rizayeva.

Rayhon Munisaning so‘zlariga quyidagicha izoh berdi:

“Men Munisaning gaplarini eshitib, uning menga nisbatan qanday hurmatsizlik bilan gapirganidan hayron bo‘ldim. Uning so‘zlarida negativ juda ko‘p. O‘ylashimcha, u hali yosh qiz, unda hammasi oldinda. Bilmadim, balki uning uchun kun kelib qadriyatlarning mazmuni o‘zgaradi va hammasi o‘z o‘rniga tushib ketadi.

Hammamiz bir xil odammiz. Kimdir baland, kimdir past emas. Ollohning oldida hammamiz tengmiz. Hammamizning borar joyimiz bir. O‘sha joyga hammamiz o‘z gunohlarimiz bilan boramiz va ular uchun o‘zimiz javob beramiz. Shuning uchun menda hech qanday e’tiroz yo‘q, hattoki uning menga bo‘lgan salbiy munosabatiga ham. Bu uning huquqi, uning tanlovi, tarixi va multfilmi”.
 

Rayhon o‘zbek shou-biznesi vakillari o‘rtasidagi do‘stlikka ishonmasligini ham aytib o‘tdi. Biroq, istisno tarzida hozir Rossiyada ijod qilayotgan asli o‘zbekistonlik xonanda So‘g‘diyona bilan uzoq yillardan beri do‘st ekanligini misol keltirdi.

Bir-biridan xafalashib qolgani sababiga esa ikkala xonanda ham aniqlik kiritmagan.

Bir vaqtlar ular qalin do‘st edi. Hamkorlikda bir necha duetlar ijro etgan. Munisa va Rayhon ijrosidagi “Bor yoki yo‘q” qo‘shig‘i ancha ommalashgan.

Avvalroq Rayhon sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayevaga baxt tilagan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя