Главная » 2018 » Апрель » 18 » Urganchda ayol uyning 5-qavatidan pastga tushib ketdi
16:38

Urganchda ayol uyning 5-qavatidan pastga tushib ketdi


2018 yilning 16 aprel kuniga o‘tar kechasi Urganch shahrining kichik dahalaridan birida sodir bo‘lgan mudhish hodisa shu hududda yashovchi fuqarolarni vahimaga soldi. Ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchilar ne ko‘z bilan ko‘rsinki, uy yonida qonga belanib ayol murdasi yotardi.

Viloyat ichki ishlar xodimlarining dastlabki surishtiruv jarayonida aniqlanishicha, Xonqa tumanida yashagan 33 yoshli ayol 2018 yil 15 aprel kuni kechki paytda Urganch shahridagi ko‘p qavatli uylardan birining 5 qavatida yashaydigan tanishi 1975 yilda tug‘ilgan yigitning uyiga mehmonga keladi.

“Do‘stona uchrashuv” sabab yozilgan dasturxondan spirtli ichimliklar ham joy oladi.

Mezbon yigitning so‘zlariga ko‘ra, ancha davom etgan ziyofat so‘ngida kayfi oshib qolgan ayol o‘zini nechanchi qavatda o‘tirganini ham unutgan shekilli, toza havodan nafas olish uchun beshinchi qavatda joylashgan uyning ayvoniga chiqqanida, pastga tushib ketadi. Katta balandlikdan yiqilgan ayol olgan tan jarohati tufayli hodisa joyining o‘zida vafot etgan.

O‘zA xabariga ko‘ra, hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Urganchda, 5-qavat, pastga tushib ketdi, uy, Ayol | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя