Главная » 2020 » Февраль » 7 » Urgutda to‘ydagi kelishmovchilikdan so‘ng qo‘shnisiga pichoq urgan fuqaro 6 yilga qamaldi
08:34

Urgutda to‘ydagi kelishmovchilikdan so‘ng qo‘shnisiga pichoq urgan fuqaro 6 yilga qamaldi


Samarqand viloyati Urgut tumanida 2019-yilning 3-oktabr kuni fuqaro M.J. hamqishlog‘i B.B.ning xonadonidagi to‘y marosimida mehmonlarga tarqatilayotgan oshni olish davomida qo‘shnisi A.Q. bilan o‘zaro tortishib qolgan. Yuzaga kelgan janjal vaqtida A.Q. uni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan. Bundan g‘azablangan M.J.ning unga nisbatan nafrati oshib, A.Q.ni qasddan o‘ldirish orqali o‘ch olishni rejalashtirgan, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yilning 6-oktabr kuni soat 13:00 atrofida A.Q.ni ko‘chada kelayotganligini ko‘rgan M.J. o‘zining jinoiy rejasini amalga oshirish uchun qulay fursat yetganligini o‘ylab, go‘yoki undan uzr so‘rash uchun uni aldab chaqirib olgan. M.J. uyining darvozaxonasida turgan oshxona pichog‘ini kutilmaganida A.Q.ning chap biqin sohasiga qasddan bir marotaba sanchgan. So‘ng M.J. A.Q.ning bo‘yin sohasidan sudrab uyiga olib kirgan va yana ikki marotaba uning chap biqin sohasiga pichoq urgan.

A.Q. hayotiga bo‘layotgan tajovuzdan o‘zini saqlash maqsadida atrofdagilarni yordamga chaqirgan. M.J.ning otasi N.J. uning ovozini eshitib yugurib kelgan va o‘g‘lining jinoiy harakatlari oldini olish uchun unga nisbatan jismoniy kuch ishlatish orqali qo‘lida bo‘lgan pichoqni olib qo‘ygan.

A.Q.ga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilib, hayoti saqlab qolingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Tayloq tuman sudi raisi Marat Ergashevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, sudlanuvchi M.J. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя