Главная » 2020 » Август » 19 » Urug‘i bilan yeyish kerak bo‘lgan meva va poliz ekinlari
18:54

Urug‘i bilan yeyish kerak bo‘lgan meva va poliz ekinlari


Agar e’tibor berib kuzatilsa, ba’zi mevalar va poliz mahsulotlari urug‘i bilan iste’mol qilinadi. Ammo ularning urug‘i organizmga foydali yoki zararli ekanini ko‘pchilik bilmaydi. Wday.ru nashri urug‘lari bilan iste’mol qilish foydali va zararli bo‘lgan mahsulotlar haqida material tayyorladi.

Tarvuz

Tarvuz urug‘i – organizm uchun foydali moddalar omboridir. Uning tarkibida magniy, temir, rux, shuningdek, 85-90% hazm qilish jarayonini yaxshilaydigan oqsillar mavjud. Urug‘lardan maksimal foyda olish uchun ularni yaxshilab chaynash zarur. Danaklarni tarvuzdan ajratib, quritib o‘zini alohida yeyish ham mumkin.

Qovun

Qovun urug‘larini ham shunday iste’mol qilish mumkin. Uning tarkibida oqsil, fosfor, kaliy, A va B vitaminlari, shuningdek, ovqat hazm qilishda foydali bo‘lgan fermentlar mavjud. Ular organizmdan og‘ir metall va pestitsidlarni olib tashlashga imkon beradi. Urug‘larni yaxshilab chaynashni unutmaslik lozim. Ularni butunlay yutib yuborish ham mumkin. Ammo bunda organizm eng qimmatli fermentlar va vitaminlarni ololmaydi.

Uzum

Uzum urug‘larining achchiq ta’mi tufayli, ko‘pchilik urug‘siz bo‘lgan navlarini tanlashni afzal ko‘radi. Ammo aynan shu achchiq ta’m urug‘lar oqsil sintezini tezlashtiradigan ko‘plab flavonoidlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa o‘z navbatida mushaklar va teriga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlar tufayli flavonoidlar Altsgeymer kasalligi boshlanishining oldini oladi.

Uzum urug‘lari tarkibida ko‘p miqdordagi to‘yinmagan yog‘li kislotalar, E vitamini, kaliy, magniy, temir va rux mavjud. Bu urug‘larni ham yaxshilab chaynash zarur.

Anor

Bitta anorda 400-700 dona mavjud. Ko‘pchilik anorni urug‘i bilan iste’mol qilishga odatlangan. Anor urug‘i polifenol, shuningdek, kversetin va antosianga boy. Ayniqsa yurak faoliyatida juda foydali. Bir stakan anor urug‘i kunlik C va K vitamini iste’mol qilishning uchdan bir qismini o‘z ichiga oladi. Dietologlarning ta’kidlashicha, anor urug‘lari oshqozonni mustahkamlaydi.

Kivi

Kivi urug‘larida teri, soch va tirnoqlar uchun foydali bo‘lgan E vitamini mavjud. Shuningdek, A omega-3 yog‘ kislotalari yallig‘lanish bilan kurashishga yordam beradi.

Limon

Limon urug‘ida og‘riq qoldiruvchi salitsil kislotasi mavjud. Bosh og‘riganda 5-6 dona limon urug‘ini yaxshilab chaynab, yutish kerak. Shunda hech qanday aspiringa hojat qolmaydi.

Apelsin va mandarin

Bu sitrus mevalarning urug‘lari B17 vitaminini o‘z ichiga oladi. Bu saraton va zamburug‘ kasalliklariga qarshi kurashda yordam beradi.

Qovoq

30 gr qovoq urug‘i organizmni kunlik 70% fosfor, magniy, rux va antioksidantlar bilan to‘ldiradi. Uning tarkibidagi A va E vitaminlari teri yasharishiga yordam beradi. Qovoq urug‘ini muntazam iste’mol qilish o‘t pufagi faoliyatini yaxshilaydi.

Yeyish zararli bo‘lgan meva urug‘lari

Shaftoli, olxo‘ri, o‘rik, va gilos urug‘larida amigdalin mavjud. Agarda gilos urug‘lari butunlay yutib yuborilsa, amigdalin xavfsiz. Aksincha chaynalsa, amigdalin vodorod sianidga aylanadi – bu zaharli va yuqori dozadagi xavfli aralashmadir. Shuningdek, olma va nok urug‘larida ham amigdalin mavjud.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: yeyish kerak bo‘lgan, poliz, ekinlari, Urug‘i, meva | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя