Главная » 2018 » Апрель » 24 » USB-fleshkani kompyuterdan qanday chiqarib olish kerak?
20:10

USB-fleshkani kompyuterdan qanday chiqarib olish kerak?


Ma’lumotlarni yonda olib yurishda USB-fleshkalardan yaxshisi yo‘q. Kompyuterdan tortib TV-tyunergacha, buyog‘i avtomashina pleeri va smartfonlargacha tushaveradi. Bilasizmi, bitta ehtiyotsizlik ana shu beminnat dastyorimizning boshiga yetishi mumkin. Qanday qilib? Masalan, kompyuterda ishlatib bo‘lgandan so‘ng xavfsiz rejimda ajratib olinmaganda.

Xavfsiz rejimning o‘zi nima?

Agarda fleshkani kompyuterga (yoki smartfonga) qanday ulagan bo‘lsak va shunday chiqarib olsak — bu xato. Bu xavfsiz rejimga amal qilmaslik hisoblanadi. Oqibatda eng kamida fleshkaning ichidagi ma’lumotlarimizdan ayrilishimiz yoki bunday harakatlar takrorlanaversa fleshkaning o‘zi ham yaroqsiz holatga kelib qolishi mumkin. Fleshka kompyuterga ulanganida uning bir qismiga aylanadi — bu jarayonni bitta mexanik harakat bilan uzib qo‘yish yaramaydi.

Eng to‘g‘ri yo‘l — fleshkani avval kompyuterdan o‘chirish, keyin uzish. Bu kompyuterdagi bir-ikkita oddiy harakatlar orqali amalga oshiriladi. Fleshka kompyuterga ulanganida (smartfonlarda ham shunday) qo‘shimcha xotira qurilmasi ulangani haqidagi qaydnoma chiqib turadi: kompyuterda ekran pastki paneli o‘ng burchagida, smartfon va planshetlarda xotira bo‘limining ichida.

«Windows». Ekran pastki paneli o‘ng burchagidagi tegishli yorliq yoki provodnikda fleshkani topib «izvlech» («chiqarish») funksiyasi yordamida uni chiqarib olish kerak. Smartfonlarda esa xotira bo‘limida tashqi saqlagichni ajratish funksiyasi yordamida fleshga ajratiladi. Xavfsizlik rejimi mana shu.

Sakkizinchi avlodidan boshlab «Windows» tizimlari USB-saqlagichni xavfsiz ajratish haqida ogohlantirmaydi, bor-yo‘g‘i ma’lumotlar yo‘qolib qolganini bildiradi.

«MacOS». Fleshkani kompyuterdan ajratishda sichqonchaning o‘ng tugmasi ekrandagi ish stolida joylashgan USB-saqlagich ustida bosilib «izvlech» funksiyasi tanlansa yoki fleshka yorlig‘i savatchaga tashlab yuborilsa kifoya.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: USB-fleshka | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя