Главная » 2020 » Май » 13 » Usmonxon Alimov: «Hayit namozi qay tarzda o‘qilishi borasida rasman xabar beriladi»
12:57

Usmonxon Alimov: «Hayit namozi qay tarzda o‘qilishi borasida rasman xabar beriladi»


O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov jome masjidlarda Hayit namozi o‘qilishi to‘g‘risida tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan noo‘rin gaplarda hech qanday asos yo‘q. Shu sababli har xil gap-so‘zlarga ishonmang. Masjidlarda jamoat namozlari boshlanishini O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasman e’lon qiladi. Ozgina qoldi, shunchasiga sabr qildik. Shu sabrning orqasidan Alloh ko‘p yengilliklarni beryapti.

Oldimizda Ramazon Hayiti kelyapti. Bu borada ham har xil mish-mishlarga ishonmasdan, Hayit namozini o‘qish qanday tarzda bo‘lishi haqida vakolatli idora — O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar beradi  dedi Usmonxon Alimov, muftiy

Shuningdek, muftiy Usmonxon Alimov hozirda 70 dan ortiq qori onlayn tarzda Quroni Karim xatmini o‘tkazayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi taroveh va juma namozlarini masjidlarda o‘qish boshlanishi haqidagi audioxabar yolg‘on ekanini bildirilgan edi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: rasman, Hayit namozi, xabar beriladi, Usmonxon Alimov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя