Главная » 2020 » Июль » 7 » Uxandagi laboratoriyada SARS-CoV-2’ga o‘xshash virus 7 yil davomida saqlab kelingani ma’lum bo‘ldi
09:54

Uxandagi laboratoriyada SARS-CoV-2’ga o‘xshash virus 7 yil davomida saqlab kelingani ma’lum bo‘ldi


Uxan virusologiya institutida 7 yil davomida butun dunyoda pandemiya boshlanishiga sababchi bo‘lgan koronavirusga o‘xshash namunalar saqlangani ma’lum bo‘ldi. Koronavirus pnevmoniya bilan bir yo‘la olti nafari kasallangan Xitoy janubi-g‘arbidagi konchilardan olingan. Bu haqda The Sunday Times surishtiruviga tayanib Bloomberg xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha kasallangan kon ishchilarining uch nafari katta ehtimol bilan koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgan. Nashr mazkur ma’lumotlarni taqdim qilishda tezkor tibbiy yordam bo‘limida ishlab, bemorlarni davolagan shifokorning so‘zlariga tayangan.

Shuningdek, 2020-yil fevralida nashr qilingan COVID-19 haqidagi ma’lumotlarda koronavirusning 2013-yilda tarqalgan RaTG13 koronavirusiga 96,2 foizga o‘xshashi qayd etilgan. RaTG13 esa kon shaxtasidan topilgan.

Ammo may oyiga kelib Uxandagi virusologiya instituti direktori laboratoriyada RaTG13 virusining jonli nusxasi yo‘qligi, infeksiyaning bu yerdan tarqalgani haqidagi gap-so‘zlarda mantiq yo‘qligi haqida gapirgan.

Keyinchalik britaniyalik olim koronavirus kelib chiqishining yana bir taxminini ilgari surdi va SARS-CoV-2 virusi doim mavjud bo‘lgani va hamisha uyqu rejimida nofaol bo‘lganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari COVID-19’ning Xitoy hududidan tashqarida paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarni inkor qilgan, biroq avval virusning butun dunyo bo‘ylab harakatlangan bo‘lishi mumkinligini tasdiqlagandi.

 

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ma’lum bo‘ldi, saqlab kelingani, 7 yil davomida, virus, SARS-CoV-2, Uxandagi laboratoriyada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя