Главная » 2020 » Апрель » 26 » Uxandagi shifoxonalarda koronavirusga chalingan birorta ham bemor qolmadi
13:58

Uxandagi shifoxonalarda koronavirusga chalingan birorta ham bemor qolmadi


Koronavirus infeksiyasining tarqalish markaziga aylangan Xitoyning Xubey provinsiyasi Uxan shahar shifoxonalarida COVID-19 ni yuqtirgan birorta ham bemor qolmadi, deya ma'lum qildi sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi rasmiy vakili Mi Fen.

«Uxandagi shifokorlar va ularga yordam berayotgan mamlakatdagi barcha tibbiyot xodimlarining say’-harakatlari bilan 26-aprel holatiga ko‘ra Uxan shifoxonalarida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar qolmadi», — dedi Mi Fen brifingda.

Avvalroq 25-aprel — yakshanba kuni ertalab chop etilgan qo‘mita statistikasiga ko‘ra, Xubey provinsiyasida epidemiya boshlangandan beri 68 128 kishi kasallikka chalingan (Uxanda 50 333 kishi), 63 604 kishi tuzalgan, 4512 kishi vafot etgan (Uxanda 3869 kishi). Uxanda 12 nafar bemor qolgani xabar berilgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusga chalingan, bemor qolmadi, shifoxonalarda, Uxandagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя