Главная » 2016 » Декабрь » 7 » Uy bekalari uchun baxtli turmushning 8 siri
18:50

Uy bekalari uchun baxtli turmushning 8 siri


Odamlarning dunyoqarashiga o‘rnashgan qolip, bu — ayol uy bekasi.Kamiga, ba’zi erkaklar uni xizmatkor va enaga rolida ko‘rishadi. Uy bekalariga karera qilish kerak emas, ular zerikarli, navbatdagi serialni kutishu oshxonada kuymalanish bilan kifoyalanadigandek. Aslida ular ham jamiyatda o‘z o‘rnini topgan ayollar singari aqlli, o‘z so‘ziga ega. Ikkovining farqi shundaki, o‘z maqsadi sari belgilangan yo‘ldan borishga qaror qilishgan. Uy bekasi bo‘la turib ham erkak kishining doimiy diqqat-e’tiborida bo‘lishni uddalash u qadar muammo emas!

 

Birinchi sir: tashqi ko‘rinish!

Ayol doim ko‘zni quvnatadigan darajada go‘zal bo‘lishi lozim. Biron ishda ishlamasligingiz «yog‘ tekkan xalatda yurish uchun imkon» degani emas! Sizga birinchi navbatda baho beradigan eringiz. Shunday ekan, u sizni boshqa ayollar bilan qiyoslashiga imkon yaratmang. Go‘zallik salonlariga qatnashni kanda qilmang. Uyda bo‘lishingizga qaramay, yengil pardoz qilib oling.

Ikkinchi sir: istak...

Uy bekalari odatda xohish-istaklarini ichga yutib, o‘zi uchun yangi libos, pardoz vositalari xarid qilishdan ko‘ra uyga zarur maishiy vositalar sotib olishni afzal ko‘rishadi. Bu bilan faqatgina namunali rafiqa bo‘lasiz, xolos. Gohida «kerak emas» so‘zini «istayman»ga almashtirish zarar emas. Qancha latofatli bo‘lsangiz, turmush o‘rtog‘ingiz atrofingizda shuncha ko‘p girdikapalak.

Uchinchi sir: shaxsiy vaqtingiz

Uy bekasida vaqt muammosiz degan fikr ham yo‘q emas. Aslida sira oxiri ko‘rinmaydigan uy ishlarini bajarish ham ISh! Shunday ekan, shaxsiy vaqtingiz haqida unutmang! Ularni faqat o‘zingiz uchun sarflang. Masalan, go‘zallik saloniga borishingiz yo dugonangiz bilan kinoga, teatrga tushishingiz mumkin. Turmush o‘rtog‘ingiz a’lo kayfiyatda yurgan rafiqasini payqamay qolmaydi. Qarshi jins vakillari uy ishlariga ko‘milgan emas, balki hushchaqchaq, ochiq chehrali ayolga e’tibor qilishni istashadi.

To‘rtinchi sir: qiziqishlaringiz

Aqlli ayol bo‘sh vaqtining barini serial ko‘rishga sarflamaydi. O‘z ustingizda ishlashga, xobbingiz bilan shug‘ullanishga ham odatlaning. Bu bilan ijodiy qobiliyatingizni ham shakllantirasiz.

Beshinchi sir: fe’l-atvor

Yana bir qolip — uy bekasi jizzaki va janjalkash yoki o‘z fikriga ega bo‘lmagan qobilgina rafiqa degan fikr. Mazkur qolipdan chiqish uchun oltin o‘rtalikni toping! Turmush o‘rtog‘ingiz bilan suhbatlashayotganda o‘z fikringizda qoling va uning hurmat qilishiga erishing. Biroq buni muloyimlik bilan tushuntiring.

Oltinchi sir: e’tibor

Turmush o‘rtog‘ingiz uchun mazali taom tayyorlab qo‘yasiz, ammo bu uning uchun odatiy hol. Bajargan ishi uchun maosh oladigan farrosh emassiz-ku, shunchaki mehnatingizni shirin so‘z bilan e’tirof etilishini istaysiz. Shuning uchun bularning barini majburiyat yuzasidan emas, eringizga bo‘lgan muhabbat bilan bajarishingizni tushunishiga imkon bering.

Yettinchi sir: turmush o‘rtog‘ingiz hayotidagi o‘rningiz

Sizning qo‘llab-quvvatlashlaringizsiz turmush o‘rtog‘ingiz tushkunlik botqog‘iga botib qolgan bo‘lardi. Ba’zida buni uning o‘ziga aytish ham zarar qilmaydi. Axir, siz ham rafiqa, ham ona va qiyin vaziyatlarda maslahatgo‘ysiz. Uy bekasi sifatida bor kuchingizni oilangizga sarflayapsiz. Demakki, turmush o‘rtog‘ingizning hayotida muhim rol o‘ynaysiz!

Sakkizinchi sir: siz uddaburonsiz!

Uy bekasi bo‘lish bilan birga turli yumushlarni bajarish imkoniyatiga ham egasiz. Yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qilish, o‘z ustingizda ishlash, go‘zalligingizga urg‘u berish... Shunday ekan, har qanday ishbilarmon ayol sizning shaxsiy o‘sishingizga havas qiladi! Eng muhimi, hamkasblarsiz ham zerikmaysiz. Bundan chiqdiki, sizni zerikarli uy bekasi deyish noo‘rin!

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: baxtli turmush, uy bekasi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя