Главная » 2020 » Март » 19 » Uy sharoitida antiseptik tayyorlashning ikkita sinalgan usuli
09:01

Uy sharoitida antiseptik tayyorlashning ikkita sinalgan usuli


Uy sharoitida tayyorlangan sanitayzer do‘konda sotilayotganidan aslo farq qilmaydi. Hatto undan samarali bo‘lishi ham mumkin. Antiseptik qo‘lni viruslardan tozalay olishi uchun unga minimum 60 foizli spirt qo‘shilgan bo‘lishi kerak. Bunday konsentratsiyali spirt viruslarning himoya qatlamini osongina yorib o‘ta oladi.

Yodda tuting! Aroq va boshqa spirtli ichimliklardan antiseptik tayyorlab bo‘lmaydi. Hatto yaqinda bir spirtli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z xaridorlariga murojaat qilib, mahsulotlaridan dezinfeksiyalash vositasi sifatida foydalanmasliklarini so‘radi.

Kerakli konsentratsiyani faqat texnik yoki tibbiyot spirti yordamida hosil qilib olish mumkin. Spirtning o‘zini qo‘lni tozalashda ishlatib bo‘lmaydi. U nafaqat viruslarning himoya qobig‘ini, balki teridagi yog‘ qatlamini ham yemiradi. Bu esa terining qurishiga olib kelib, achishish, qichishish, mayda yoriqlar keltirib chiqarishi mumkin. Bu yoriqlardan esa viruslar osongina o‘tib, teri ostiga kirib oladi. 

Qo‘l uchun antiseptik faqat samarali emas, xavfsiz ham bo‘lishi uchun spirtga ma’lum miqdorda namlantiruvchi va himoyalovchi vositalar ham qo‘shilishi kerak.
Buning uchun bizga quyidagi asbob-uskunalar kerak bo‘ladi:
• toza idish;
• qoshiq yoki taxtaqoshiq;
• usti yopiladigan 0,5 litrli banka;
• bo‘sh plastik flakon. 
Flakon antiseptikni sumka va hamyonda olib yurish uchun qulay.

JSST tomonidan tavsiya etilgan retsept
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan bu sanitayzerdan sprey sifatida foydalanish ham mumkin. Uni paxtali disk yordamida namlab, antiseptik sochiq (salfetka) sifatida foydalansa ham bo‘ladi. Bu sochiq yordamida eshik tutqichlari, qulf, kalit va boshqa mayda-chuydalarni artish mumkin.
Kerak bo‘ladi:
• 100 ml. spirt – 96 foizli; 
• 5 ml. perekis vodorod – 3 foizli; 
• 2 ml. gliserin – 98 foizli;
• 10-15 ml. qaynatib, sovutilgan suv.

Tayyorlanishi:
Barcha mahsulotlarni toza idishga solib, yaxshilab aralashtiring. Bir xil massadagi suyuqlik hosil bo‘lishi kerak. Suyuqlikni flakonga solib, uch sutka salqin joyda qoldirish lozim. Shunda aralashma tarkibidagi zararli mikroorganizmlar nobud bo‘ladi.
Mazkur aralashmaga 2-3 tomchi efir moyi yoki limon sharbati tomizilsa, undan ajoyib hid taralib turadi. Ehtiyot bo‘ling, ayrim odamlarning aromatizatorlarga allergiyasi bo‘lishi mumkin.

Virusolog retseptiga ko‘ra antiseptik tayyorlash
Amerikalik tibbiyot professori Rishi Desai AQSh kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazining virusli kasalliklar bo‘limida faoliyat olib boradi.
Uning bu mashhur retsepti “Healthline” tibbiyot jurnalida e’lon qilingan. Bu retsept bo‘yicha tayyorlangan antiseptik 60 soniyada 99,9 foiz viruslarni o‘ldirishga qodir.
Kerak bo‘ladi:
• 96 foizli spirt – 100 ml.;
• aloeli kosmetik gel – 50 ml.;
• aromatizator yoki limon sharbati – 3-5 tomchi;
• glitserin – 3-4 tomchi.

Tayyorlanishi:
Oldindan tayyorlab qo‘yilgan idishga barcha mahsulotlarni solib, aralashtiring. Hosil bo‘lgan suyuqlikni flakonga solib, qopqog‘ini yoping. Glitserinni 3-4 tomchidan oshirib yubormang. Aks holda suyuqlik yopishqoq bo‘lib qolishi mumkin. 

Antiseptiklarni qanday ishlatish lozim?
Antiseptik maksimum darajada virus hamda mikroblarni o‘ldirishi uchun uni quyidagi tartibda ishlating. Kaftingizga bir necha tomchi sanitayzer tomizing yoki purkang. Qo‘llaringizni toki suyuqlik qurib qolmagunicha ishqalang. Bunda vosita qo‘lingizni har bir millimetriga qadar yetib borishi kerak. 

Yodda tuting: antiseptik judayam iflos yoki yog‘li qo‘lni tozalay olmaydi. Bunday holatda qo‘llaringizni sovunlab yuvishdan boshqa ilojingiz yo‘q.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя