Главная » 2020 » Ноябрь » 23 » “Uyda yolg‘iz” 30 yoshda: Sevimli film qahramonlari o‘tgan vaqt ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)
20:57

“Uyda yolg‘iz” 30 yoshda: Sevimli film qahramonlari o‘tgan vaqt ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)


Bundan roppa-rosa 30 yil avval Amerikaning Chikago shahrida “Uyda yolg‘iz” filmining premyerasi bo‘lib o‘tgan. Rojdestvo arafasida ota-ona uyda unutib qoldirgan Kevin haqidagi komediya kino tarixida eng ko‘p daromad keltirgan filmlardan biriga aylandi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

18 million dollar mablag‘ sarflangan ushbu kartina 476 million dollar daromad ishlab olgan. Komediyaning mantiqiy davomi sifatida yana bir necha qismlari ham ishlab chiqildi va ular garchi avvalgidek muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lsa-da, yaxshi natijani qayd etdi. Dunyo bo‘ylab tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan bolakay Makoley Kalkin 2020-yilda 40 yoshga to‘lgan. Filmdagi boshqa qahramonlar orasida esa 80 yoshni qarshilaganlari ham bor. 1990—2020-yillar ichida aktyorlarning qay darajada o‘zgarganligini quyida tomosha qilish mumkin.

Makoley Kalkin qahramoni Kevin Makkalister rolida 

Ketrin O’xara Kevinning onasi Keyt rolida 

Jon Xyord Kevinning otasi rolida. Aktyor 2017-yil vafot etgan. 

Jo Peshi qahramoni Garri Laym rolida 

Deniel Stern qahramoni Marvin Merchants rolida 

Devin Retrey qahramoni Bazz rolida

Kiran Kalkin qahramoni Fuller rolida

Jerri Bemmen qahramoni Frenk amaki rolida

Xillari Vulf qahramoni Megan rolida


Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: qahramonlari, Uyda yolg‘iz, Sevimli, Film, (Foto) | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя