Главная » 2020 » Декабрь » 8 » Uyida 1300 ta it, 100 ta mushuk va 4 ta ot boqayotgan ayol
23:43

Uyida 1300 ta it, 100 ta mushuk va 4 ta ot boqayotgan ayol


Xitoyning Chunsin shahrida yashovchi ayol uyida 1300 dan ziyod it boqmoqda va yangilarini asrab olishda davom etmoqda. Bu haqda «The Straits Times» xabar bermoqda.

Yigirma yil muqaddam Ven Szyunxun egasi tashlab ketgan itni qutqarib, unga Venszin deb nom berdi. Bu so‘z xitoychada «mayin va yuvosh» degan ma’noni anglatadi. O‘shandan beri xitoylik ayol o‘zini to‘xtata olmayapti.

U uysiz hayvonlar ko‘pgina xavf-xatarlarga duchor bo‘lishidan xavotirda: axir ular baxtsiz hodisalarga, it go‘shtini sotadigan it ovlovchilar qo‘liga tushib, ochlikdan o‘lib ketishi mumkin.

«Bu itlarga ko‘z-quloq bo‘lib turishimiz zarur. Hammamiz hayotni hurmat qilishimiz kerak, chunki Yer faqat odamlar emas, balki jonivorlar uchun hamdir», — dedi u.

Ayolning uyida itlardan tashqari 100 ta mushuk, 4 ta ot, quyon va qushlar bor. Ba’zi qo‘shnilari uni telbaga chiqarishgan.

Szyunxun har kuni ertalab soat to‘rtda uyg‘onadi: itlarning uyasini tozalab, 20-30 chelak axlatni chiqarib tashlaydi, keyin esa jonivorlar uchun 500 kilodan ziyod guruch, go‘sht va sabzavotlarni tayyorlaydi. Chiqindilarni hovlisining orqasida yoqib yuboradi, shu sababli doimo uyidan tutun ko‘tarilib turadi. Bir nechta it bino atrofida yugurib yurishadi, bog‘lab qo‘yilgan pitbulterer esa begonalarni ko‘rganda tinmay huradi.

Xitoylik ayol ikki qavatli uyining har bir xonasini ustma-ust qo‘yilgan qafaslar bilan to‘ldirgan. Ko‘chaning oxirida joylashgan uyi devorlar bilan o‘ralgan, darvoza doimo qulflab qo‘yiladi. Chunki qo‘shnilari ko‘chib ketishini talab qilib, tinmay shikoyat qilishadi.

Ayol jonivorlarni boqish uchun kvartirasini sotdi, 60 ming yuan (95 million so‘m) kredit oldi, shuningdek, pensiya va boshqa jamg‘armalarini sarflamoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: boqayotgan, Ayol, IT, ot, uyida, mushuk | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя