Главная » 2020 » Январь » 19 » Uyqu doriga xojat yo‘q: bu gullar bilan maza qilib uxlaysiz
16:55

Uyqu doriga xojat yo‘q: bu gullar bilan maza qilib uxlaysiz


Miriqib uxlash uchun qandaydir bir dori ichish yoki nimalarnidir bajarish shart emas. Bor-yo‘g‘i xonangizga uyqu chaqiradigan o‘simliklardan qo‘ysangiz kifoya. Ular deraza tokchadan joy egallashsa bormi, kechqurun qanday uxlashingiz haqida qayg‘urmasangiz ham bo‘laveradi.

1. Aloe

Aloe tabiatdagi eng shifobaxsh o‘ismliklardan biri. Ushbu o‘simlik havoni tozalovchi kimyoviy vositalardagi zaharli moddalarni ushlab qolish xususiyatiga ega. Agar uyning xona havosi yaxshi bo‘lmasa, zaharli bo‘lsa, o‘simlik barglarida jigarrang dog‘lar paydo bo‘ladi.

2. Orxideya

Bu o‘simlik nafaqat chiroyli tashqi ko‘rinishi bilan, balki uyquni yaxshilovchi modda – fermentlarga boyligi bilan qadrlanadi. Orxideya tez tinchlantirish xususiyatiga ega. Ushbu o‘simlik xonada bo‘lsa, yurak urishlar soni yaxshilanadi, qon bosimi pasayib, nafas olish jarayoni joyiga tushadi. Bir so’z bilan aytganda, insonning miriqib uxlashini ta’minlaydi.

3. Spatifillum

Spatifillum yotoqxona havosini yaxshilaydigan, namlantiruvchi o‘simlikdir. U xonani sun’iy qurilish materiallaridan tarqaluvchi moddalar – zaharli uglerod oksidlari, formaldegidlardan tozalaydi. Olimlar bu o‘simlik uydagi mog‘or zamburug‘lari sporalarini yutish xususiyatiga egaligini ham aniqlashgan. 
Spatifillumning chiroyli va katta-katta barglari xonangizga o‘zgacha ko‘rinish bag‘ishlaydi. Uyqu uchun qulay sharoit yaratib beradi.

4. Gardeniya

Bu xona guli yotoqxonangizni bezaydi. Gardeniya o‘tkir hidga egaligi sababli uni to‘shakdan biroz uzoqroqqa qo‘ygan ma’qul. Uning hidi uyquni yaxshilaydi, tinchlantiradi. Ammo bu gul alohida parvarish talab qiladi. Shu sabab unga quyosh nurlari yaxshi tushayotganligiga, namligiga e’tiborli bo‘lish kerak.

5. Lavanda

Lavandaning yotoqxonaga juda ko‘p qo‘yilishi sababi uning o‘zgacha tarovatga egaligidir. O‘simlik hidi stressni quvib, yurak urishlari sonini sekinlashtiradi, ta’sirchanlikni susaytirishi sabab tez uyquga ketishga yordam beradi. U efir moyiga boy, shu sabab uni imkon qadar to‘shagingizga yaqin joyga joylashtiring. Shunda asablaringiz tinchlanib, uyqusizlikdan aziyat chekmaysiz.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя