Главная » 2018 » Январь » 12 » Uyquchiligingiz yuz-ko‘zingizdan ayon bo‘lmasligi uchun…
20:39

Uyquchiligingiz yuz-ko‘zingizdan ayon bo‘lmasligi uchun…


Ba’zida shirin uyqudan uyg‘onib, ko‘zguga qarasak, tashqi ko‘rinishimizdan hafsalamiz pir bo‘ladi. Chunki yuzlarimiz shishgan, go‘yoki kamida 5 kg. semirgandekmiz. Mana shu shishlarning oldini olish va tez bartaraf etish yo‘llari bilan tanishtiramiz. Agar bu shishlar buyrak xastaliklari bilan bog‘liq bo‘lsa, shifokorga uchrashishni unutmang.

Sizda doim uyqudan keyin shishish kuzatilsa, har kun 2–4 ta olma yeyishni odat qiling. Ovqat hazm qilish jarayonining yaxshilanishi, ishtahangizning karnay otmasligi va to‘lishib ketmasligingizni bonus sifatida qabul qiling.

Ertalab va kechquran petrushka ko‘katidan iste’mol qilish ham shishlarning ta’bingizni xira qilishiga nuqta qo‘yadi.

Ertalab nonushtaga tuzsiz, dimlab pishirilgan grechixa ham ayni muddao.

O‘rik qoqi ham eng maqbul variant bo‘lib, tanamizda yig‘ilib qolgan ortiqcha suyuqlikdan sizni xalos etadi. Turshakdan sharbat qaynatib ichish 1–2 soatga bormay shishlardan asar qolmasligini ta’minlasa, bu mahsulotni choyga sherik qilish ham salomatlik, ham qomatga koni foyda.

Bodringni ezib, sharbatini ichish ham bu muammongiz bilan samarali kurash olib boradi.

Qizil bulg‘or qalampirini xomligicha yesangiz, chiroyli ko‘rinishingizga soya solib turgan tanangizdagi ortiqcha suyuqlik sizni tezda tark etadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Ayon, bo‘lmasligi uchun, yuz-ko‘zingizdan, Uyquchiligingiz | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя