Главная » 2021 » Сентябрь » 19 » UzAuto Motors avgust oyida atigi 2 dona Gentra va birorta ham Spark ishlab chiqarilmaganiga izoh berdi
13:37

UzAuto Motors avgust oyida atigi 2 dona Gentra va birorta ham Spark ishlab chiqarilmaganiga izoh berdi


UzAuto Motors avgust oyida atigi 2 dona Gentra va birorta ham Spark ishlab chiqarmagani haqida xabar berilgan edi. Kompaniya ushbu ommabop avtomobil modellari ishlab chiqarilishi nega to‘xtab qolganiga izoh berdi.

Unda aytilishicha, UzAuto Motors boshqaruv va ishlab chiqarishning bosqichma-bosqich transformatsiyasini amalga oshirdi. Uning doirasida yagona platformadagi avtomobillarni ishlab chiqarishga o‘tish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda  Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix avtomobil modellari bo‘ladi.

Kelgusida Tracker va Onix modellarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga imkon beradigan rejalashtirilgan o‘rnatish va ishga tushirish ishlari  joriy yil iyul oyining o‘rtalaridan avgust oyining  oxirigacha amalga oshirildi.

“Ushbu keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari avtomobil ishlab chiqarilishi uchun muhim bo‘lgan yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi fonida sodir bo‘ldi. Yuqoridagi  omillar sabab Chevrolet Lacetti va Chevrolet Spark modellarini ishlab chiqarish vaqtincha to‘xtatilgan edi.

UzAuto Motors kompaniyasi tez orada ushbu avtomobil modellarni qayta ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi”, — deb qayd etilgan kompaniya xabarida.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida respublika bo‘yicha 122,4 ming dona yangi yengil avtomobillar, shundan, 6,2 ming dona chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotildi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Spark, UzAuto Motors, Gentra | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя