Главная » 2020 » Февраль » 29 » UzAuto Motors bahoriy aksiya e’lon qildi
08:29

UzAuto Motors bahoriy aksiya e’lon qildi


UzAuto Motors 8 mart — “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan bahoriy aksiya e'lon qildi.

2 martdan 8 martgacha UzAuto Motors mazkur aksiya doirasida ayol haydovchilarning avtomobillarining texnik holatini tekinga tekshirib beradi.

“Kompyuter dasturlari yordamida diagnostika stendlarida bizning mutaxassislarimiz sizning avtomobilingizni barcha texnik parametrlarini, jihozlar, tizimlar va qismlarning holatini tekshiradilar va keyingi foydalanish bo‘yicha maslahat beradilar. Butun hafta davomida, shuningdek, avtomobilingizni yuvish, g‘ildiraklarni muvozanatlash (balansirovka) va g‘ildiraklarni moslashtirish (razval sxojdeniye) kabi bepul xizmatlardan foydalanishingiz mumkin”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Aksiya Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan  TRADE-IN Markazida o‘tkaziladi.

Ushbu aksiyada ishtirok etishni istovchi ayollar 2 martga qadar  quyidagi shartlarni bajarishlari kerak:

  1. Kompaniya sahifasiga obuna bo‘ling: https://www.facebook.com/UzAutoMotorsOfficial/.
  2. Telegram kanalimizga obuna bo‘ling: @uzautomotorscom
  3. Instagram sahifamizga obuna bo‘ling: @uzautomotorsofficial
  4. Ushbu postga «Yoqdi» (Like) tugmasini bosing.
  5. Izohlarda ayol do‘stlarni belgilang.
  6. O‘zingizning sahifangizda ushbu postni hamma uchun ochiq holatda bo‘lishing.

Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя