Главная » 2021 » Август » 10 » “UZB”, “AAA” faqat “katta akalarga” atalganmi? YHXBB boshlig‘i javob berdi
20:12

“UZB”, “AAA” faqat “katta akalarga” atalganmi? YHXBB boshlig‘i javob berdi


“UZB”, “AAA” kabi seriali davlat avtomobil raqamlari ochiq savdoda, bu raqamlarni istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Saidov bugun, 10 avgust kuni matbuot anjumanida ma’lum qildi.  

“Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, avtomobillar uchun 327 juft davlat raqamlari belgilari olti toifaga ajratilib, auksion orqali sotish yo‘lga qo‘yildi. Bu orqali davlat raqamlari bilan bog‘liq korrupsion omillarga barham berildi”, deydi Olimjon Saidov.

YHXBB boshlig‘i so‘zlariga ko‘ra, “UZB”, “AAA” kabi seriali davlat avtomobil raqamlari hech kimga biriktirilmagan.

“UZB” yoki “AAA” kabi seriali davlat avtomobil raqamlari biror bir tashkilot yoki muayyan shaxslarga biriktirilmagan. Ushbu davlat raqamlari — ochiq savdoda bo‘lgan davlat raqam belgilari hisoblanadi. Masalan, “AAA” seriyali davlat raqamlari 2017 yildan buyon 36 million so‘mga sotilyapti, hozirda 50 dona raqam qolgan, bemalol murojaat qilishingiz mumkin. “UZB” seriali raqamlarni ham xuddi shunday tartibda istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin”, deydi Saidov.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: YHXBB, AAA, boshlig‘i, Uzb | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя