Главная » 2020 » Декабрь » 7 » UZB seriyali raqam taqqan Toyota egasi jarimaga tortildi
19:22

UZB seriyali raqam taqqan Toyota egasi jarimaga tortildi


Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda “UZB harfli avtomashina qoidani buzdi. Unga ham chora ko‘rilarmikan?” sarlavhasi ostida videolavha paydo bo‘ldi. Unda qora rangli “inomarka”ni yo‘l qoidalarini buzgani tasvirlangan. Mazkur holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 dekabr kuni soat 13:11 da Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Xurshid ko‘chasida Toyota Land Cruiser rusumli, 01 025 UZB davlat raqam belgili transport vositasi yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagida harakatlangan. Bu holat fuqarolardan birining mashinasida bo‘lgan videoregistratorda qayd etilgan.

Shundan so‘ng, fuqaro qoidabuzarlik videosini "eJarima" saytiga yuborgan. Saytga kelib tushgan videolavha Toshkent shahar ma’muriy amaliyot mas’ul xodimi tomonidan o‘rganilgan.

“Qoidabuzar haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128-5 moddasi 2-qismiga ko‘ra BHM ning 10 baravari miqdorida jarima belgilangan”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqami 01 088 UMO bo‘lgan BMW rusumli avtomobil surati tarqalgan va ushbu transport vositasiga IIV YHXBB munosabat bildirgan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: TOYOTA, jarimaga tortildi, seriyali, Uzb, raqam | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя