Главная » 2018 » Апрель » 25 » UzCard kartadan pullarni o‘g‘irlash holatlari ko‘paygani haqida ogohlantirdi
20:05

UzCard kartadan pullarni o‘g‘irlash holatlari ko‘paygani haqida ogohlantirdi


Moliyaviy firibgarliklar bilan bog‘liq takrorlanuvchi hodisalarni oldini olish maqsadida Yagona umumrespublika protsessing markazi barcha karta egalarini ogoh bo‘lishga chaqirmoqda.

“Bir qator ommaviy axborot vositalari tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli xayriya aksiyalari o‘tkazilib kelinmoqda. Bunday tadbirlarni tashkillashtirish, albatta, e’tiborga molik ishdir, biroq, firibgarlar turli yo‘llar orqali o‘z maqsadlarida qalloblik qilishlarini ham eslatib o‘tishni joiz topdik. Yordamga muhtoj insonlar uchun bu kabi tadbirlar tashkillashtirilishi muhim, biroq hadya qilingan mablag‘ni qabul qiluvchi karta egasi zimmasida ham plastik kartaning xavfsizligini ta’minlashdek muhim vazifa borligini unutmasligimiz lozim. Avvalambor, tadbirni tashkillashtiruvchilar tomonidan mablag‘ qabul qiluvchi karta egasi onlayn-o‘g‘riliklarning qurboniga aylanmasligi uchun ogohlantirilishi ham juda muhim.

Kuni kecha, qayd etilgan firibgarlik hodisalaridan birida, o‘g‘rilar e’lon qilingan karta raqamini mobil ilovaga ulash maqsadida, karta egasi bilan bog‘lanib sms orqali yuborilgan kodni aniqlab olishgani, so‘ngra yig‘ilgan pul mablag‘larini onlayn rejimda o‘g‘irlashgani aniqlandi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga kelib, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan bir qator mobil ilovalar tomonidan xavfsizlik talablari bajarilib, har bir karta egasi e’tiboriga havola etilgan yuridik ma’lumotda kod raqamini uchinchi shaxsga taqdim qilish mumkin emasligi ta’kidlangan.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, biz ham xayriya aksiyalarida ishtirok etayotgan barcha fuqarolarni shunday holatlar haqida ogohlantirib bormoqda. Bu masalalarda aksiya qatnashchilari orasida tushuntirish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilinadi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: karta, Uzcard | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя