Загрузка...
Главная » 2018 » Июнь » 8 » UzCard orqali PayPal, “Yandeks.Dengi”, WebMoney va Qiwi’dagi hisobni to‘ldirish xizmati joriy qilinadi
08:39
UzCard orqali PayPal, “Yandeks.Dengi”, WebMoney va Qiwi’dagi hisobni to‘ldirish xizmati joriy qilinadi

Asia Alliance Bank bankomatlarda UzCard tomonidan ishlab chiqarilgan hamda PayPal, “Yandeks.Dengi”, WebMoney va Qiwi’dagi hisobni to‘ldirish imkonini beradigan yangi dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.

Sinov jarayoni yakuniga yetgach, xizmatni boshqa banklar ham taqdim qiladi.

Onlayn hisobni naqd pul va plastik karta yordamida terminallar orqali, shuningdek, onlayn rejimda UzCard orqali to‘ldirish mumkin.

UzCard’ning Qiwi, “Yandeks.Dengi” va WebMoney bilan shartnoma imzolagani xabar qilingan. Kompaniya hozirda PayPal bilan muzokaralar olib bormoqda. PayPal O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan.

Hozircha O‘zbekiston Markaziy Osiyoda PayPal’ga ulanmagan yagona mamlakat hisoblanadi. PayPal tizimining joriy qilinishi Prezidentning Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi farmonida ham ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Oson servisi Web Money, “Yandeks.Dengi” va Qiwi’dagi hisobni to‘ldirish xizmatini joriy qilgan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 60 | Добавил: ADMIN | Теги: joriy qilinadi, to‘ldirish xizmati, Yandeks.Dengi, UzCard, WebMoney, QIWI, hisob, PayPal | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |