Главная » 2018 » Июнь » 27 » Uzcard: «Telegram»da firibgar-bukmekerlar guruhi paydo bo‘ldi
03:35

Uzcard: «Telegram»da firibgar-bukmekerlar guruhi paydo bo‘ldi


Barcha karta egalarini yanada hushyor va ma’suliyatli bo‘lishga chaqiramiz, deb ogohlantirmoqda Yagona umumrespublika protsessing markazi.

Qayd etilishicha, shu kunlarda «Telegram» messenjeri orqali noqonuniy pul yig‘imlarini tashkillashtirgan guruh a’zolarining navbatdagi harakatlari aniqlangan va ularni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, messenjerda futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati o‘yinlari bashorati uchun pul tikishni taklif etayotgan guruh paydo bo‘lgan. Ularning a’zolari har bir futbol uchrashuvidan oldin, «kartadan kartaga pul o‘tkazish» xizmati orqali mablag‘ ko‘chirishga chaqirilgan.

Protsessing markazi mutaxassislari tomonidan bu boradagi noqonuniy harakatlarni bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rilguniga qadar ushbu e’longa chuv tushganlar ham bщlgan. Ayrim «bashoratchi» karta egalari ma’lum miqdorda pulni o‘tkazishga ulgurgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish» nomli 278-moddasiga binoan noqonuniy qimor o‘yinlarini tashkillashtirish hamda ularni o‘tkazish bilan shug‘ullangan qonunbuzarlarga nisbatan yetti yilgacha qamoq jazosi belgilanadi.

Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda, Yagona umumrespublika protsessing markazi barcha karta egalaridan qonunchilikda belgilangan me’yorlarga xilof faoliyat olib borayotgan harakatlarda qatnashmaslikka chaqirdi. Shuningdek, noqonuniy o‘yinlarda ishtirok etish yuzasidan barcha mas’uliyat ishtirokchi karta egasining zimmasida qolishi eslatildi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Telegram, bukmeker, paydo bo‘ldi, Firibgar, Uzcard, guruhi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя