Главная » 2018 » Июнь » 11 » «Uzmobile» abonentlariga firibgarlik ommaviy hujumi kuzatilmoqda
10:20

«Uzmobile» abonentlariga firibgarlik ommaviy hujumi kuzatilmoqda


Firibgarlar «Uzmobile» milliy operatori abonentlarini qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlar bilan bezor qilmoqda, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz».

«Hurmatli abonentlar! «Uzmobile» abonentlariga firibgarlik qo‘ng‘iroqlari paydo bo‘lgani munosabati bilan +882337111* yoki +881* prefiksli o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar va SMSlarga javob bermaslikni so‘raymiz. Shuningdek, SMS va qo‘ng‘iroqlarga ruxsat so‘rovchi mobil dasturlarni o‘rnatishda hushyor bo‘lishni so‘raymiz», — deyiladi kompaniya xabarida.

Mazkur yangilik ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda. Foydalanuvchilar firibgarlar kuniga 3 tadan 10 martagacha qo‘ng‘iroqni amalga oshirayotgani, telefonni olganda esa o‘sha zahoti uni qo‘yib qo‘yayotganini bildirgan.

«Bu firibgarlikning tanish ko‘rinishi. Ular siz shu raqamga qo‘ng‘iroq qilishingizni kutadi, juda uzoqda ro‘yxatdan o‘tgan va barcha pullariningizni sug‘urib oladi», — deya ogohlantirgan foydalanuvchilardan biri.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mobile Aloqa Kompaniyalari haqida | | Теги: UZMOBILE | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя