Главная » 2020 » Февраль » 3 » Vahshiylik! Er homilador rafiqasini yoqib yubordi
20:28

Vahshiylik! Er homilador rafiqasini yoqib yubordi


Jizzax shahrida erkak turmush o‘rtog‘ini homiladorligiga qaramay yoqib yubordi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Mazkur shafqatsiz voqea joriy yilning 31 yanvar kuni soat 13:00 larda Jizzax shahar, “Mustaqillik” ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli 14-uyning liftida sodir bo‘lgan. Fuqaro S.X. turmush o‘rtog‘i M.U.ning boshqa erkaklar bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lib kelganligini gumon qilgan.

Shu sababli u bilan janjallashib, uning homiladorligini bilgani holda, uni qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan birga olib kelgan benzin yonilg‘isini turmush o‘rtog‘ining ustiga sepib, o‘ta shafqatsizlik bilan yoqib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro S.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя