Главная » 2021 » Сентябрь » 14 » Vaksina olmagan xodim ishdan bo‘shatiladimi?
16:46

Vaksina olmagan xodim ishdan bo‘shatiladimi?


Buguni kunda xalq bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan barcha toifadagi soha vakillari 1 sentyabrga qadar vaksinaning 1-dozasi, 1 oktyabrga qadar 2-dozasi (o‘zbek-xitoy vaksinasi bo‘lsa, 1 noyabrgacha 3-dozasi) bilan to‘liq emlangan bo‘lishlari kerak. Bu haqda AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, agar qaysidir muassasa, korxona xodimi ko‘rsatilgan tartibda vaksina olmagan bo‘lsa, mehnat qonunchiligiga mos ravishda ushbu shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bir tomonlama bekor qilinishi belgilab qo‘yilgan. Shu tariqa tashkilot rahbari jamoa orasida kasallik tarqalishining oldini olishga mas’ul hisoblanadi.

O‘zbekistonda shu kunga qadar qo‘llanilgan vaksinalarning:

  • 79 foizi — ZF-UZ-VAC2001,
  • 14 foizi — Moderna,
  • 5 foizi — AstraZeneca,
  • 2 foizi — Sputnik V vaksinasi hisoblanadi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vaksina, olmagan, xodim | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя