Главная » 2020 » Сентябрь » 15 » «Vaksina pandemiyaga chek qo‘ya olmaydi» – JSTT vakili
10:15

«Vaksina pandemiyaga chek qo‘ya olmaydi» – JSTT vakili


JSSTning Yevropadagi vakolatxonasi kelajakdagi koronavirusga qarshi emlash pandemiyaga barham bermasligi va uning samarasi barcha uchun bir xil darajada bo‘lishiga shubha bildirmoqda. Bu haqda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge aytib o'tdi.

 «Men vaksina pandemiyaga chek qo‘yadi, degan gapni doim eshitaman. Albatta, yo‘q! Vaksinaning barcha aholi qatlamiga yordam berishini bilmaymiz. Hozir biz uning bir guruhga yordam berishini, ikkinchisiga esa yordam bermasligini ko‘rsatadigan ba’zi belgilarini ko‘rmoqdamiz. Pandemiyaning oxiri biz jamoat sifatida ushbu pandemiya bilan yashashni o‘rganganimizda keladi. Bu bizga bog‘liq», — dedi Klyuge.

JSST Yevropa mamlakatlarida oktyabr oyining boshida koronavirus kasalligidan o‘lim sonining ko‘payishini kutmoqda. O‘lim sonining oshishi kasallik bilan kasallanish sonining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

«Vaziyat yanada murakkablashmoqda. Oktyabr va noyabr oylarida biz ko‘proq o‘limni ko‘rishimiz mumkin», — deb qo‘shimcha qilgani Klyuge.

Eslatib o‘tamiz,kuni kecha JSST dunyoda koronavirus rekord darajada ko‘paygani haqida xabar bergandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vakili, JSTT, chek qo‘ya olmaydi, pandemiyaga, vaksina | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя