Главная » 2020 » Август » 6 » Vaksina poygasi: Yevropa Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasiga to‘rtta savol bilan chiqdi
08:52

Vaksina poygasi: Yevropa Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasiga to‘rtta savol bilan chiqdi


Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi vaksina poygasida Rossiya yetakchilik qilmoqda. Biroq ko‘pchilikda uning ishonchliligi va samaradorligi borasida savollar kelib chiqmoqda, deb yozadi «L’Express» fransuz nashri.

Yevropalik jurnalistlarning ta’kidlashicha, jamoatchilik vaksina ishlab chiqishning to‘rtta jihatini muhokama qilmoqda: «Rossiya nima va’da qiladi? Tadqiqotlar qaysi bosqichda? Bu haqda olimlar qanday fikrda? Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nima deydi?»

Mutaxassislarni Rossiya vaksinasini ishlab chiqish tezligi xavotirga solmoqda. Ekspertlarning fikricha, ishlab chiqishni tezlashtirish maqsadida ayrim bosqichlar o‘tkazib yuborilgan bo‘lishi mumkin. Ular vaksina poygasini 1957-yilda SSSRning birinchi sun’iy yo‘ldoshni uchirishi bilan taqqoslashmoqda.

JSST bunday xavotirlarni qo‘llab-quvvatlab, Rossiyani vaksina ishlab chiqishda amaldagi protokollarga amal qilishga chaqirdi. Tashkilotning rasmiy vakili Kristian Lindmayerning ta’kidlashicha, bu vaksina nimaga qarshi ishlashi, kimga yordam berishi, aks ta’siri bor-yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun zarur.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Vaksina poygasi, vaksinasiga, to‘rtta, Rossiyaning, Yevropa, Koronavirusga qarshi, savol bilan chiqdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя