11:40 Vaksina tayyor bo‘lguncha koronavirusni mag‘lub qilish chorasi aytildi | |
Rossiyalik epidemiolog Mixail Favorov vaksina tayyor bo‘lguncha koronavirusga qarshi qanday qilib kurashish kerakligini aytib o‘tdi. Uning fikricha, pandemiyaga qarshi hukumatlar tomonidan ko‘rilayotgan qat’iy chora-tadbirlar va qoidalarga 100 foiz amal qilinsagina muddatdan oldin g‘alabaga erishish mumkin.
Favorovning ta’kidlashicha, ushbu holatda yangi virus o‘choqlari qayd etilaveradi. Aynan o‘sha 10 foiz odam qolganlarga ham zarar keltirishi mumkin.
Epidimiolog, shuningdek, muammoning ob’ektiv yoritilishi va unga jiddiy munosabatda bo‘lish ham koronavirusni yengishga yordam berishini aytdi. Xususan, uning fikricha, Xitoy hukumatining dastlabki harakatlari juda foydali bo‘ldi va hozir o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 178 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 785 807 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 37 822 nafari vafot etgan, 165 659 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Hozirda kasallik yuqtirgan 582 326 nafar odam karantinda yoki shifoxonada davolanmoqda. Ularning 552,838 nafari yoki 95 foizi qoniqarli ahvolda, 29 488 nafarining ahvoli og‘ir.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|