Главная » 2021 » Июль » 31 » Van Dam o‘g‘rilarga Parij markazidagi do‘konni o‘marishga “yordam berdi”
21:44

Van Dam o‘g‘rilarga Parij markazidagi do‘konni o‘marishga “yordam berdi”


Aktyor Jan-Klod Van Damm Parij markazidagi zargarlik do‘koniga o‘g‘irlikka tushgan shaxslarga tasodifan yordam berib qo‘ydi. U jinoyat joyida paydo bo‘lib, potensial guvohlarni chalg‘itgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Ko‘ngilsiz hodisa 27-iyul kuni sodir bo‘lgan. O‘g‘ri soat 17:10 larda Chaumet do‘koniga xaridor sifatida kirgan va sotuvchi bilan suhbatlashgan. Shundan so‘ng, u pichoq bilan unga tahdid qilib, 2-3 million yevro turuvchi qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab, elektrosamokatda qochib ketgan.

O‘g‘irlik sodir etilgan vaqtida do‘kon yaqinida 60 yoshli Van Damm paydo bo‘lib, ommaning e’tiborini o‘ziga qaratgan. Bu esa jinoyatchiga yashirinish uchun imkon bergan.

Natijada kuzatuv kameralari yordamida o‘g‘rining shaxsiga aniqlik kiritilgan. U sheriklari bilan birga ertasi kuni Fransiya sharqidagi avtostradada qo‘lga olingan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, o‘g‘irlab ketilgan qimmatbaho buyumlarning bir qismini qaytarishga muvaffaq bo‘lingan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Van Damm hujjatlari bilan bog‘liq muammo sabab o‘ldirilishi kerak bo‘lgan chixuaxuaning hayotini saqlab qolgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yordam, o‘g‘rilarga, do‘konni, o‘marishga, Parij, Van Dam | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя