Главная » 2017 » Сентябрь » 6 » Van Damm va Yemelyanenko Toshkentga kelmaydi. Ularning o‘rniga Stiven Sigal tashrifi kutilmoqda
19:10

Van Damm va Yemelyanenko Toshkentga kelmaydi. Ularning o‘rniga Stiven Sigal tashrifi kutilmoqda


Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida 9-sentabr kuni o‘tkazilishi kutilayotgan miks-silat bo‘yicha Asian Fight—2017 xalqaro turnirining mashhur mehmonlari ro‘yxati o‘zgardi. Musobaqa tashkilotchilarining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, avvalroq Toshkentga kelishi aytilgan Gollivud yulduzi, jang san’ati ustasi Jan Klod van Damm va rossiyalik Fyodor Yemelyanenko Asian Fight mehmoni bo‘lmaydi.

Xabar berishlaricha, van Damm og‘ir betob qolgan, shu bois O‘zbekistonga kela olmasligini ma’lum qilgan. Yemelyanenkoning kelmasligi sabablari esa aytilmagan. “Jeff Monsonning kelishi aniq edi”, — deyiladi musobaqa tashkilotchilari tomonidan tarqatilgan xabarnomada.

Van Damm o‘rniga Gollivudning boshqa bir aktyor, jang san’ati ustasi Stiven Sigal taklif qilingan. “Sigal 8-sentabrdan 10-sentabrga qadar Toshkent shahrida turnir doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi”, — deyiladi rasmiy xabarnomada.

Rossiya estrada guruhlaridan biri “Lok Dog” esa musobaqaning “musiqiy sovg‘asi” sifatida e’tirof etilmoqda. Shou-dasturda bir qator o‘zbek estrada yulduzlari ham qo‘shiq aytishi kutilmoqda.

Avvalroq katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan musobaqa chiptalari 24-avgustdan sotuvga chiqarilgani, chiptalar sektoriga qarab 50 ming, 70 ming, 100 ming, 150 ming va 300 ming so‘mdan sotilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Qayd etishlaricha, mazkur xalqaro musobaqa O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Sharq yakkakurashlari va jang san’atini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Penchak-silat federatsiyasi va Sunrise Entertainment kompaniyasi hamkorligida tashkil etilmoqda, UzMobile uning bosh hamkori sanaladi.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Damm, VA, Yemelyanenko, kelmaydi. Ularning, o‘rniga, Toshkentga, Stiven Sigal tashrifi kutilmoqda, Van | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя