Главная » 2017 » Август » 2 » Video: Toshkent shahridagi mashhur kafeda yong‘in chiqdi
11:09

Video: Toshkent shahridagi mashhur kafeda yong‘in chiqdi


Iyul oyi oxirida Toshkent shahridagi benzin va dizel yoqilg‘ilarini saqlash rezervuarlarida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Shu vaqtda poytaxtnig Yunusobod tumanida ham ko‘ngilsiz voqea yuz bergani haqida ma’lum qilindi. Omborxonada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Shuningdek, 31 iyul kechki soat 19:00 atrofida Shayxontohur tumanida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgandi.

Kuni kecha tahririyatimizga Toshkent shahrida yuz bergan yong‘in aks etgan fotosuratlar kelib tushdi. 2 avgustga o‘tar kechasi Mirobod tumanida Oybek metrosi chorrahasida joylashgan “Angels Food” majmuasi yonida yong‘in sodir bo‘lgan. Bir zumda tutun qoplagan hudud mahalliy aholi e’tiborini tortgan. Hozircha mazkur voqea haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkent shahri, Mashhur, yong‘in chiqdi, kafeda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя